Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi.

Maslahat kengashi sun’iy intellekt bo‘yicha milliy strategiyani rivojlantirishda jamoatchilik fikrini o‘rganishi ko‘zda tutilgan.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov kengashga raislik qiladi.

Kengash doirasida sun’iy intellektdan foydalangan holda amaliy tajribalar o‘tkazish va ularni imkon qadar qisqa vaqt ichida mamlakat iqtisodiyotiga tatbiq etish uchun tadqiqotchilarni kompaniyalar bilan birlashtiradigan ishchi guruhlar tuziladi.

Kengash ishida xususiy sektor, ilmiy va ekspert doiralari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari, taniqli jamoat arboblari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.


“Spot” avvalroq Innovatsion rivojlanish vazirligi milliy messenjer yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilgani haqida yozgandi.