1-noyabrdan “korobka” holatdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratishga ruxsat beriladi

Shuningdek, subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad solig‘i olinmaydi.


23-sentabrdan O‘zbekistonda Mir kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi

“UZCARD” bunga texnik jarayonlar sabab bo‘lganligini bildirdi.


Mening birinchi uyim yangi ipoteka dasturi dastlab Toshkent viloyatida ishga tushiriladi

Har bir fuqaroga yangi xonadonni imtiyozli ipotekaga olish imkoniyati beriladi.



Maysa o‘ruvchilikdan shaxsiy biznesgacha: Vitaliy Xalzunov qanday qilib atigi 50 dollar bilan Toshkentda agentlik ochdi

Tadbirkor “Spot"ga nima uchun yollanma ishdan ketishga qaror qilgani, qanday qiyinchiliklarga duch kelgani va jamoa masofadan ishlashining afzalliklari haqida so‘zlab berdi.



“Xodimlarni ishontirish oson bo‘lmadi” — O‘zbekistonga xorijlik IT-mutaxassislar qanday ko‘chirildi

“IT Park” hamda xorijiy va mahalliy biznes vakillari “Spot” bilan relokatsiya, uning oqibatlari, mahalliy IT-kompaniyalarga ta’siri haqida boʻlishdi.


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $500 mlnga kamaydi.
    1-sentabr holatiga mamlakatning umumiy oltin-valyuta zaxiralari $34 mlrd.ni tashkil etgan.
  2. Tashabbusli budjet loyihasi g‘oliblariga 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.
    Taklif qilingan jami 61 mingta loyihadan 1418 ta loyiha g‘olib bo‘lgan.
  3. Keyingi yildan pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi joriy etiladi.
    Hozirda O‘zbekistonda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming so‘mni tashkil etadi.
  4. Shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan hududlar ro‘yxati tasdiqlandi.
    Shuningdek, chekka hududlardagi shifokorlar uy-joy sotib olishidagi mablag‘larning 50%igacha qismi qoplab beriladi.
  5. Pepsi Rossiyada mahsulotlarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi.
    Bunga sabab gazlangan ichimliklar ishlab chiqarish uchun konsentratlar zahiralari tugab qolgani aytilgan.
  6. Forbes O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini tuzdi.
    Bunda 10 ta bank kredit reytingi va aktivlari hajmi bo‘yicha saralangan.
  7. Alibaba.com platformasida O‘zbekiston milliy pavilyoni ishga tushirildi.
    Ayni vaqtda 4800 dan ortiq turdagi tovarlarga 190 ta mamlakatdan buyurtma berish mumkin.
  8. Avgust oyida O‘zbekistonda uy-joy savdosi 30%ga oshdi.
    Toshkentda ko‘chmas mulk narxi o‘sishdan biroz sekinlashgan bo‘lsa, Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘onada sezilarli o‘sgan.
  9. O‘zbekiston xorijdan elektropoyezd, dizel poyezdi hamda yo‘lovchi vagonlarini xarid qiladi.
    Shuningdek, Germaniyaning “KFV” taraqqiyot banki elektropoyezdlar hamda yo‘lovchi vagonlar sotib olishda imtiyozli kredit liniyasini ajratadi.
  10. Toshkent aeroportida MIBning xizmat ko‘rsatish bo‘limi ishga tushdi.
    U orqali qarz bor yoki yo‘qligini tekshirish hamda qarzdorlikka to‘lov qilish orqali shu joyni o‘zida taqiqni olib tashlash mumkin.