“Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumida 9201ta mahalla (jamiga nisbatan 98%) fuqarolaridan 61 mingdan ortiq loyihalar taklif qilindi, deya ma’lum qildi Moliya vaziri “Tvitter"dagi sahifasida.

Jarayonda 7 mln.dan ortiq ovozlar berilib, shundan, 4,3 mln ovoz to‘plagan 1418 loyiha g‘olib bo‘lgan.

G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun budjetdan 1,07 trln so‘m ajratiladi.

Ishmetovning qo‘shimcha qilishicha, uch mavsum davomida bildirilgan 100 mingdan ortiq takliflar aholining eng dolzarb muammolarini o‘rganishga yordam beradigan “ochiq ma’lumotlar bazasi"ni shakllantirmoqda.

Tashabbusli budjet jarayoni uchun ajratilgan mablag‘lar:

Toshkent viloyati
99,8 mlrd so‘m
Toshkent shahri
83,5 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati
28,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati
78,2 mlrd so‘m
Samarqand viloyati
113,8 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
64 mlrd so‘m
Navoiy viloyati
43,6 mlrd so‘m
Namangan viloyati
84 mlrd so‘m
Xorazm viloyati
69,6 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati
100,6 mlrd so‘m
Jizzax viloyati
49 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati
116,1 mlrd so‘m
Buxoro viloyati
57,8 mlrd so‘m
Andijon viloyati
88,8 mlrd so‘m