“Yagona umumrespublika protsessing markazi” (UZCARD) 23-sentabrdan O‘zbekistonda Mir kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Bunga “UZCARD” to‘lov tizimi ishtirokchisi tomonida texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Shuningdek, UZCARD — “MIR” kobeyjing kartalari O‘zbekiston hududida mazkur to‘lov tizimi infratuzilmasida odatdagidek ishlashni davom etadi, deyilgan xabarda.

“Spot” bir qancha banklar bilan boglandi. Aksariyat banklar “Mir” kartalarini vaqtinchalik qabul qilish to‘xtatilganini bildirdi. Biroq kelgusi rejalar bo‘yicha aniq ma’lumot bera olmasligini ma’lum qildi.

Avvalroq “Spot” ayrim davlatlarda “Mir” kartasini qabul qilish to‘xtatilgani haqida yozgandi.

Qozogʻiston, Turkiya, Vetnam hamda Armanistonning yirik banklari mazkur toʻlov tizimi kartalarini qabul qilishni to‘xtatgandi.