Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari umumiy reytingi e’lon qilindi.
Reytinda yetakchi oʻrinlarni:
- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti;
- Oʻzbekiston milliy universiteti;
- Toshkent moliya instituti;
- Samarqand davlat universiteti;
- Navoiy davlat konchilik instituti.
Soʻnggi oʻrinlarni:
- Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti;
- Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;
- Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;
- Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti;
- Termiz muhandislik texnologiya instituti egalladilar.
Shu bilan birga, asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha OTMlarning ilmiy salohiyat reytingi ham tuzildi.
Yuqori koʻrsatkich: Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Toshkent moliya instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Quyi koʻrsatkich: Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti, Termiz muhandislik texnologiya instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti.