Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan harakatni boshlaydi. Bu haqda poytaxt transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

Fuqarolardan yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish maqsadida hayit namoziga tashrif buyurishda jamoat transportidan foydalanish so‘ralmoqda.

Maʼlumot uchun, 2026-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 27-may — chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi.

Shu bois o‘zbekistonliklar Qurbon hayitida ketma-ket 5 kun dam oladi. Jumladan:

  • 27-may, chorshanba — Qurbon hayiti;
  • 28-may, payshanba — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 29-may, juma — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 30-may, shanba — 6 kunlik ish haftasi uchun dam olish kuni;
  • 31-may, yakshanba — odatiy dam olish kuni.

Spot, avvalroq, Toshkentda avtobus yo‘lovchilari oqimi kuniga 2 mln kishiga yetkazilishi haqida yozgandi.