Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda Sifatli davlat boshqaruvi dasturi amalga oshiriladi. Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoyishi qabul qilindi.
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvlar doirasida dastur amalga oshirish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.
Farmoyishga ko‘ra, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi dasturni amalga oshirish uchun masʼul organlar hisoblanadi.
2026-yildan har 2 yilda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati samaradorligini dastur asosida baholash tizimi joriy etiladi.
Dasturda ishtirok etuvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda mukofot nominatsiyalari ro‘yxatlari tasdiqlanadi.
Spot, avvalroq, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini baholash tizimi joriy etilgani haqida yozgandi.