Avvalroq “Uzbekistan Airways"ning ayrim samolyotlarini sotishga tayyorgarlik ko‘rish boshlangani haqida xabar berilgandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, mazkur tanlov jarayonida, 6 ta professional tashkilotlar, jumladan konsorsium shaklidagi takliflar turli xorijiy va mahalliy tashkilotlardan qabul qilingan.
Ular moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari asosida saralandi.
Saralash natijasida, “ACC Aviation” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi konsultant sifatida tanlov g‘olibi deb topildi.
Аktivlar 18 ta havo kemasi va 1 ta simulyatordan iborat:
Havo kemasi turi | Bort nomeri | Ishlab chiqarilgan yili |
Боинг 757 | UK 75701 | 1999 |
Боинг 757 | UK 75702 | 1999 |
Боинг 767 | UK 67007 | 2003 |
Боинг 767 | UK 67008 | 2004 |
Боинг 767 | UK 67000 | 2008 |
Ил-76 ТД | UK-76821 | 1982 |
Ил-76 ТД | UK-76793 | 1989 |
Ил-76 ТД | UK-76794 | 1989 |
Ил-76 ТД | UK-76427 | 1991 |
Ил-76 ТД | UK-76831 | 1992 |
Ил-114−100 | UK-91105 | 2008 |
Ил-114−100 | UK-91104 | 2009 |
Ил-114−100 | UK-91106 | 2009 |
Ил-114−100 | UK-91107 | 2010 |
Ил-114−100 | UK-91108 | 2011 |
Ил-114−100 | UK-91109 | 2013 |
Ил-114−100 uchun simulyator | 1 | 2010 |
Ми-8МТВ-1 “SALON” | UK 17202 | 2011 |
Ми-8МТВ-1 “SALON” | UK 17201 | 2003 |
Ma’lumot uchun: “ACC Aviation” kompaniyasi — lizing, havo transporti, aviatsiya aktivlarini boshqarish va strategik konsalting xizmatlari sohasida yetakchi yechimlarni taqdim etadi.
Kompaniya global mijozlar bazasiga xizmat qilib, xalqaro ofislar tarmog‘i Yevropa, yaqin Sharq, Afrika, Shimoliy Amerika va Osiyo mintaqasida joylashgan.