Prezidentning tegishli qarori bilan 2025-yilga qadar ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qo‘llanilishi belgilandi.
Unga ko‘ra, quyidagi 21 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji qo‘llanilmaydi:
- himoyalangan tuproq uchun o‘simliklar (tomir otgan qalamchalar va yosh o‘simliklar, gul yoki g‘unchali gullaydigan o‘simliklar, kaktuslardan tashqari);
 - shakarni rafinadlash yoki ajratib olish natijasida olingan melassa;
 - qayta ishlanmagan yoki dag‘al bo‘laklangan marmar va travertin yoki ohaktoshli tuf;
 - rang beruvchi moddalar (kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq bo‘lgan, titan dioksidi asosida tayyorlangan boshqa pigmentlar va preparatlar);
 - konsentratsiyalangan yoki konsentratsiyalanmagan, qattiq yoki qattiq bo‘lmagan boshqa siyohlar;
 - birlamchi shakldagi etilen polimerlari;
 - birlamchi shakllardagi propilen va boshqa olefinlarning polimerlari;
 - plastmassadan qilingan boshqa katushkalar, shpulkalar, bobinalar va shunga o‘xshash buyumlar;
 - yuklama indeksi 121 dan yuqori bo‘lgan, avtobuslar yoki yuk tashish uchun belgilangan motorli transport vositalari uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar;
 - havo kemalarida foydalanish uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar;
 - qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi transport vositalari va mashinalari uchun yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar;
 - sun’iy va sintetik kompleks iplardan gazlamalar;
 - tarkibida sintetik tolalar 85% yoki undan ortiq bo‘lgan sintetik tolalardan gazlamalar;
 - paxta tolalari bilan aralashtirilgan sintetik tolalardan gazlamalar;
 - sintetik va sun’iy tolalardan gazlamalar;
 - poliuretan qoplamali yoki dublirlangan to‘qimachilik materiallari.
 
Shuningdek, import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga kiritilayotgan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati ham belgilandi:
T/r  | TIF TN bo‘yicha nomi  | 
1.  | G‘ildirakli, harakatlanadigan ko‘tarma fermalar va portal yuk ortkichlar  | 
2.  | Minora kranlari  | 
3.  | To‘qimachilik tolalarini transportirovka qilish uchun pnevmatik ko‘targichlar va konveyrlar  | 
4.  | Boshqa pnevmatik ko‘targich va konveyerlar  | 
5.  | Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa kovshli elevator va konveyerlar  | 
6.  | Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa tasmali elevator va konveyerlar  | 
7.  | Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa rolikli konveyerlar  | 
8.  | Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa elevatorlar va konveyerlar  | 
9.  | Pochta jo‘natmalarini saralash, taxlash yoki konvertlarga joylash yoki o‘rab bog‘lash uchun mashinalar, pochta jo‘natmalarini ochish, yopish yoki muhrlash uchun mashinalar hamda pochta markalarini yopishtirish yoki hisobdan chiqarish uchun mashinalar  | 
10.  | Tamaki tayoqchalari (stiklari)ni ishlab chiqarish uchun uskuna  | 
11.  | O‘zgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 375 kVA dan 750 kVA gacha)  | 
12.  | O‘zgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 750 kVA dan yuqori)  | 
13.  | Yuqori haroratli payvandlash uchun boshqa mashina va apparatlar  | 
14.  | Yo‘lsiz sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan, elektromexanik transmissiyaga ega (dizel va elektr dvigatellari o‘rnatilgan) yuk ko‘tarish quvvati 50 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk mashinasi (avtomobil-samosval)  | 
                                                    
											
											
											
											
											
											
											
                            