Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 5 ta kitob

“Microsoft” kompaniyasi asoschisi o‘z blogida yangi yil bayramida o‘qishni maslahat beradigan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi.


“Binance” kriptobirjasi O‘zbekistonda vakansiya ochdi

Kompaniya bosh menejerlikka O‘zbekistondan arizalar qabul qilmoqda.


Yil yakuni: 2022-yilda O‘zbekiston bozoriga qanday xorijiy kompaniyalar kirib keldi

“Spot” yakunlanib borayotgan yilda O‘zbekiston bozoriga kirgan xorijiy kompaniyalar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.


“AKFA Group” rahbari Kamran Gulamov tavsiya qilgan 5 ta kitob

U “Spot” nashri bilan o‘zining sevimli kitoblari, jumladan, jahon adabiyoti durdonalari hamda biznesga oid bestsellerlar to‘plami bilan o‘rtoqlashdi.


Abu-Dabi universiteti magistratura va doktarantura dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Nomzodlar yuqori ko‘rsatkichga, IELTS 6,5 sertifikatiga va boshqa talablarga javob berishi kerak.



Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Antimonopol qo‘mita “Benzin narxi” Telegram-botini ishga tushirdi. U orqali foydalanuvchi yaqin joyda joylashgan shohobchani tanlab, benzin narxi haqida ma’lumot olishi mumkin.
  2. Yil oxirigacha frilanserlar tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi $11 mlnga yetishi kutilmoqda. Hozir $8,3 mln bilan Toshkent yetakchilik qilmoqda.
  3. Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara nazoratini yengillashtiradi. Xususan, ikki mamlakat fuqarolari ID-kartasini ko‘rsatish orqali chegaradan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
  4. Namanganda Yevropaning “Hugo Boss”, “Carl Gross” brendi kiyimlari ishlab chiqariladi. Loyiha qiymati $40 mlnni, mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 mln donani tashkil etadi.
  5. Ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi. Bu o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan “Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunda keltirilgan.
  6. IT bo‘yicha “Central Asian Tech Awards” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Unda 7 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirok etish mumkin. G‘oliblar AQShning Kremniy vodiysiga sayohat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
  7. “Telegram” navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi. Xususan, messenjerda SIM-kartasiz hisob ochish, global avtomatik oʻchirish taymeri, spamga qarshi kuchaytirilgan himoya va boshqa imkoniyatlar paydo boʻldi.
  8. Tadbirkorlar O‘zbekistonda biznes muhitini ijobiy baholamoqda. Ularning 47%i o‘z biznesining hozirgi holatini “yaxshi” deb hisoblasa, 10%i esa “yomon” deb baholaydi.
  9. O‘zbekiston ish bozorida taklif etilgan o‘rtacha ish haqi 7,3 mln so‘mni tashkil qildi. Eng yuqori ish haqi konsultantlarga taklif etilgan — o‘rtacha 14,1 mln so‘m.
  10. 299 ta AYoQSHga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatildi — “O‘zneftgazinspeksiya”. Bunga shohobchalarning narxni asossiz oshirgani hamda mahsulot sifatini buzgani sabab bo‘lgan.