Avvalroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi benzin narxini oshiradigan AYoQSHlarni ogohlantirgandi.

Xususan, aholini gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtinchalik yopilishi evaziga benzinga bo‘lgan talab oshganligi uchun asossiz qo‘shimcha daromad olish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik so‘ralgan.

Bundan tashqari, Energetika vazirligi “O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi AYoQSHlarda barcha markali avtobenzin yetarli va ularning narxi oshirilmaganligi haqida rasmiy ma’lumot berdi.

“O‘zneftgazinspeksiya"ning ma’lum qilishicha, narxini asossiz oshirgan hamda mahsulot sifatini buzgan 299 ta AYoQSHga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatildi.

Shunigdek, olib borilgan o‘rganishlar natijasida, 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan.

“Kamchilikka yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarni qat’iy ogohlashtiramiz hamda fuqarolardan xavotirga tushmaslikni so‘raymiz”, deyiladi “O‘zneftgazinspeksiya” xabarida.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistondagi 2 mingdan ziyod benzin AYoQSHlarga kuniga o‘rtacha 3 200 tonna benzin o‘rniga 4 ming tonnadan ziyod benzin yetkazib berilmoqda.