Binance” (sayti bloklangan) xalqaro kriptobirjasi O‘zbekistonda bosh menejer uchun “LinkedIn"da vakansiya ochdi.

Bu rolda menejer yangi bozor uchun strategiyalar, harakat rejalari va biznes modelini ishlab chiqishi kerak. Shuningdek, u kripto birjaning mahalliy jamoasini boshqaradi, maqsadlarga erishishni ta’minlaydi va marketing operatsiyalarini olib boradi.

Bo‘lajak bosh menejer tashkilotni qurish va bozordagi ishga yollash ehtiyojlarini aniqlash, shuningdek, kelajakdagi strategiyani belgilash uchun javobgar bo‘lishi kerak.

Nomzod 5 yillik tajribaga ega bo‘lishi, o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilishi kerak. Shuningdek, mukammal yozma va og‘zaki muloqot qobiliyatiga ega bo‘lishi, marketing tajribasiga ega bo‘lishi hamda jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.

Bundan tashqari, ma’lumotni olish va tahlil qilish, hamkorlar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish va boshqarish qobiliyati hamda tadbirkorlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerakligi keltirilgan.

“Binance” taklif etayotgan ish masofadan olib boriladi hamda moslashuvchan ish vaqtini taqdim etadi.

Kompaniya 2017-yilda xitoylik dasturchi va kripto investor Changpeng Chjao tomonidan tashkil etilgan. Dastlab, platforma Xitoyda joylashgan edi, ammo Xitoyda raqamli aktivlarning aylanishi taqiqlanganidan keyin u Kayman orollarida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Biroq, kompaniya ko‘pincha turli mamlakatlardagi tartibga solish organlari bilan to‘qnash keladi. Masalan, AQSh rasmiylari uni pul yuvish va Xitoy foydasiga josuslikda gumon qilmoqda, Buyuk Britaniyada esa uning faoliyati butunlay taqiqlangan. 2022-yilning avgust oyidan boshlab “Binance” veb-sayti O‘zbekistonda bloklangandi.