Telegram messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi. Endi Android, iOS va macOS uchun 9.2, shaxsiy kompyuter uchun esa 4.4 versiyalari mavjud.

Bugundan boshlab SIM kartasiz Telegram hisobi ochish va barcha yangi chatlardagi xabarlarni avtomatik oʻchirish uchun global taymer sozlash mumkin.

Guruhlardagi mavzular endi yanada kuchli va undan 100 dan ortiq aʼzoga ega guruhlar ham foydalanishi mumkin.

SIM-kartasiz hisob ochish

Telegramda telefon raqami hech qachon begonalarga koʻrinmagan foydalanuvchilar telefon raqamini kimlar koʻrishi mumkinligi va boshqalar ularni telefon raqami orqali topish yoki topa olmasligini boshqarishi mumkin.

Bugun maxfiylikning yangi davri boshlanadi. Endilikda Fragment platformasida mavjud boʻlgan blokcheyn asosidagi anonim raqamlar yordamida SIM-kartasiz Telegram hisobiga ega boʻlish va kirish mumkin.


Global avtomatik oʻchirish taymeri

Telegram 2013-yilda oʻchib ketuvchi xabarlarni tanishtirgan edi. Foydalanuvchilar istalgan yuborgan va qabul qilgan xabarini har ikkala tomondan izsiz oʻchirib tashlashi mumkin.

Ular muayyan vaqtdan keyin alohida chatlarni tozalash uchun avtomatik oʻchirish taymerlarini ham sozlashi mumkin.

Endi barcha yangi chatlarda xabarlarni avtomatik olib tashlash uchun global avtomatik funksiyasidan foydalanish mumkin.

Bu mavjud chatlarga taʼsir qilmaydi, lekin Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Xabarlarni avtomatik oʻchirish ruknidagi yangi menyudan ularning istalganiga avtomatik oʻchirish sozlamalarida oson tatbiq qilish mumkin.

Taymer barcha foydalanuvchilar bilan kim boshlaganidan qatʼi nazar barcha yangi chatlarga va siz yaratadigan barcha yangi guruhlarga avtomatik tatbiq qilinadi.

Shuningdek, kichik maxfiy guruhlarda avtomatik oʻchirish funksiyasini sozlash osonlashtirildi. Bunda taymerni endi guruh nomi va rasmini oʻzgartirishga ruxsat berilgan istalgan aʼzo oʻzgartirishi mumkin.


Maksimal maxfiylik

Telegramning xabarlarni barcha ishtirokchilar uchun izsiz olib tashlash, mavjud va kelgusi chatlarni avtomatik oʻchirish taymeri bilan oʻchirishning unikal birlashmasi butun xabarlar tarixi ustidan toʻliq egalik qilish imkonini beradi. U hisobdan SIM kartasiz foydalanish bilan birga maksimal maxfiylik taqdim etadi.


Mavzular 2.0

Avvalgi yangilanish katta guruhlar adminlariga klassik internet forumlarini oxirgi xabarlashuv texnologiyalari bilan birlashtirgan holda muhokamalarni mavzularga tartiblash imkoniyatini taqdim etgandi.

Bugun mavzular yanada kuchli imkoniyatlarga ega boʻldi va endi ulardan 100 ta yoki undan ortiq aʼzoga ega guruhlar foydalanishi mumkin.

Mavzuli guruhlar qulay ikki ustunli rejimda ochiladi, shuning uchun boshqa chatlarga avvalgidek tez kirish mumkin.

Bevosita chatlar roʻyxatidan oxirgi mavzuga almashtirish uchun shunchaki razm solish oynasidagi yangi tugmani bosish yetarli.


Spamga qarshi kuchaytirilgan himoya

Endi 200 dan ortiq aʼzoga ega guruh adminlari yangi spamga qarshi kuchaytirilgan himoya rejimini yoqish orqali spamerlarga qarshi Telegramning butun kuchini yoʻnaltirishi mumkin.

Guruh adminlari bevosita oxirgi amallar sahifasidan xato aniqlashlar haqida xabar bera oladi.

Bu tizim foydalanuvchilar xotirjamligini yanada ishonchli himoyalashi uchun yordam beradi.


Vaqtincha QR kodlar

Ommaviy foydalanuvchi nomiga ega Telegram foydalanuvchilari atrofidagi odamlar bilan bogʻlanish uchun QR kodlarni hosil qilishi mumkin.

Agar foydalanuvchi nomi boʻlmasa va barchadan telefon raqamini berkitayotgan boʻlsa, endi vaqtincha QR kodlar hosil qilish mumkin.

Bu kodni skanerlash odamlarga telefon raqamni bilmasdan sizni darhol kontakt sifatida qoʻshish imkonini beradi.


iOS uchun ilovada emoji qidirish

Telegram iOS foydalanuvchilari eng mos emojini, jumladan, maxsus toʻplamlaringiz ichidan qidirish uchun allaqachon Android uchun ilovada mavjud boʻlgan emoji qidirish funksiyasidan foydalanishi mumkin.

Emojilar panelini ochish uchun xabar yozayotganda kiritish maydoningizda shunchaki smaylik belgisini bosish kerak.

Agar emoji kalit soʻzi boʻlmasa, uni tarjima platformasida tavsiya etish mumkin.

Xabar boshida “xursand” yoki “tabassum” kabi kalit soʻzlarni kiritish orqali u asosidagi emoji tavsiyalarini koʻrish ham mumkin yoki istalgan xabarda :bazm yoki :niqob kabi ikki nuqta va kalit soʻz kiritish kerak. Bu yangi funksiya emas, shunchaki u juda qulay.


Android uchun ilovada batafsil xotiradan foydalanish va boshqalar

Android uchun ilovada xotiradan foydalanish sahifasi dizayni iOS uchun ilovaga oʻxshash tarzda yangilandi.

U endi har bir chat qurilmasida qancha joydan foydalanayotganini aks ettiradi.

Alohida chatlar mediasini endi rasmlar, videolar, musiqalar va fayllar kabi fayl turi asosidan filtrlangan keshdan tozalab tashlash mumkin.

Shu bilan birga, Android dasturchilari jonli joylashuvlarni tashqi xarita ilovalarida ochish imkoniyatini qoʻshdi va chatlardagi xabarlar, profil rasmlari va jonli joylashuvlar kabi elementlarni yuklash dizayni yaxshilandi.


Yangi maxsus emojilar (Premium)

Telegram rassomlari Premium foydalanuvchilariga xabarlar, reaksiyalar va statuslarda oʻzlarini ifoda etishning koʻproq usullarini taqdim etgan holda yana 10 ta maxsus emojilar toʻplamini taqdim etdi.


Koʻproq interaktiv emojilar

Yana bitta Telegram yangilanishi yangi interaktiv emojilarni anglatadi. Yakkama-yakka chatda bitta tegishli emojilarni yuborganda butun ekran effektlari siz va suhbatdoshingiz uchun sinxronlanadi. Barcha foydalanuvchilar ushbu emojilardan reaksiyalar sifatida ham foydalanishi mumkin.