Telegram navbatdagi yangilanishni taqdim etdi. Endi Android, iOS va macOS uchun 9.1, shaxsiy kompyuter uchun esa 4.3 versiyalari mavjud.

Xususan messenjerda katta guruhlarda muhokamalarni tartiblashda yordam beradigan mavzular, xarid qilish mumkin boʻlgan yangi kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari, video xabarlarni matnga aylantirish imkoniyati bor.

Guruhlardagi mavzular

Telegram guruhlari yuz minglab foydalanuvchiga ega yirik hamjamiyatlarga yangi funksiyalarni qoʻshdi.

Bu chatlarni oʻqish oson boʻlishi uchun 200 tadan ortiq aʼzoga ega guruhlar endi mavzularni yoqishi va istalgan mavzu uchun alohida maydon yaratishi mumkin.

Yangi funksiya turli savollar muhokamasini asosiy guruh ichida turli chatlarga boʻlish imkonini beradi.

Shuningdek, har bir mavzu uchun yangi xabarlar haqidagi bildirishnomalarni alohida sozlash va ularda joylangan medialarni koʻrish mumkin.


Kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari

Foydalanuvchi nomlari orqali bogʻlanish yoki ommaviy guruh va kanallarni topishni osonlashtirish mumkin.

Endi bitta oddiy foydalanuvchi nomiga qoʻshimcha ravishda hisob va chatlarga bir nechta kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlarini biriktirishi mumkin.


Video xabarlar uchun ovozni matnga aylantirish (Premium)

Telegram Premium ishga tushirilganidan buyon obunachilar istalgan ovozli xabarni tinglashdan koʻra oʻqish qulayroq boʻlgan holatlar uchun matnga aylantira olish imkoniyaitga ega boʻlgan edi.

Bu yangilanishda ayni funksiya video xabarlarga ham qoʻshildi. Bu Premium foydalanuvchilarga tezkor matn transkripsiyasini olish imkonini beradi.


Yangi emoji toʻplamlari

Minglab foydalanuvchilar maxsus emoji toʻplamlarini yaratishni qiziqish bilan sinab koʻrmoqda.

Ulardan Telegram rassomlari ham ortda qolmayapti, ular ushbu yangilanishga 12 ta yangi emoji toʻplamini tayyorlashdi.

Premium foydalanuvchilar ushbu emojilardan istalgan xabar va izohlarda foydalanishi yoki ularni Xellouin uchun statuslar sifatida belgilashi mumkin.


iOS uchun ilovada yangi dizayndagi tungi rejim

iOS uchun ilovada tungi mavzu dizayni yangilandi, yanada muvozanatlangan ranglar birikmasi tanlandi hamda xabarlar va chatlar roʻyxatini varaqlashda xiralashtirish effekti yaxshilandi


Android uchun ilovada matn oʻlchamini oʻzgartirish

Android uchun ilovadagi “Chat sozlamalari” menyusida matn oʻlchami oʻzgartirilsa, barcha chat matnlari, jumladan, havolaga razm solish ekrani, xizmat xabarlari va boshqalar oʻlchami ham oʻzgaradi.


Dizayndagi kichik yaxshilanishlar

Javob berish uchun chapga surganda endi yangi animatsiya hamrohlik qiladi. Foydalanuvchi profilida uning telefon raqamiga bosilsa, bir nechta chaqiruv variantlariga ega yangi menyu ochiladi.

Telegram chatni darhol yuklashga ulgurmaydigan kamdan-kam holatlarda esa xabarlar oʻrniga yangi pulsli animatsiya bilan matn bloklari chizgilari paydo boʻladi.


Yangi interaktiv emoji va reaksiyalar

Foydalanuvchi suhbatdoshga oʻqish bilan bandligi, uxlayotgani yoki nimadandir shubhalanayotganini xabar qilishda yakkama-yakka chatlarda 4 ta yangi interaktiv emoji yordam beradi.

Ularda butun ekranli animatsiyalar ijro etiladi va ulardan reaksiyalar sifatida ham foydalanish mumkin.

Shu bilan birga, Xellouin munosabati bilan barcha foydalanuvchilar istalgan chatda 3 ta mavzuli reaksiyadan foydalanishi mumkin.