Yil yakunlari: 2022-yilda turizm sohasidagi asosiy tendensiyalar

Soha mutaxassislari “Spot"ga bu yil turizmning qaysi yo‘nalishlari ko‘proq ommalashgani, mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish sifati qanday o‘zgargani va kelgusi yilda nimalar kutilayotgani haqida gapirib berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Prezident murojaatnomasi: maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, biznes va tadbirkorlik hamda investitsiyalarni jalb qilish

“Spot” davlat rahbari ilgari surgan muhim tashabbus va vazifalarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Moliya vazirligi 2023-yilgi Davlat budjetiga oid ma’lumotlarni taqdim etdi

“Spot” davlat idoralariga qancha mablag‘ ajratilishini hamda subsidiyalar va kompensatsiyalar boʻyicha ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Yil yakunlari: 2022-yilda umumiy ovqatlanish sohasidagi tendensiyalar

Soha mutaxassislari “Spot"ga bu yil restoran biznesida qaysi tendensiyalar dolzarb bo‘lgani va 2023-yilda nimalar kutilayotgani haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Panorama Airways” aviakompaniyasi o‘zining birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirdi

Bir yil ichida O‘zbekistonda uchta xususiy aviakompaniya tashkil etildi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Italiya instituti siyosat bo‘yicha amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ishtirokchilarga oylik 2 500 yevro miqdorida stipendiya hamda yashash xarajatlari uchun 300 yevrogacha qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
  2. Energetika: Qozog‘iston qanday loyihalarni ilgari surmoqchi. Ikki mamlakat mazkur sohada umumiy qiymati $1,4 mlrddan ortiq loyihalarni amalga oshiradi.
  3. “Yandex” O‘zbekistonda “Bookmate” elektron va audiokitoblar xizmatini ishga tushirdi. Unda 170 mingdan ortiq ham ommabop badiiy, ham biznes adabiyotlardan va o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan elektron va audiokitoblar mavjud.
  4. 26-dekabrdan nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishidagi pul belgilari muomalaga chiqariladi. Bu bilan 2001-yil namunasidagi 1000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.
  5. Endi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga ajiotaj talab yuzaga kelganda tahlil o‘tkaziladi. Bozorda mahsulotlarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan alomatlar aniqlanganda, ombordagi mavjud zaxiralar xatlovdan o‘tkaziladi.
  6. “Google” shifokorlarning tushunarsiz yozuvini shifrlash vositasini ishlab chiqdi. Mazkur funksiya “Google Lens” ilovasida paydo bo‘lib, u orqali retseptdagi dori nomlarini topish mumkin.
  7. Vazirliklarning bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari ularning roziligisiz ijara va sotuvga chiqariladi. Bunda 3 oydan ortiq muddat davomida foydalanilmasdan bo‘sh turgan binolar inobatga olingan.
  8. BAAda o‘tkaziladigan “M-Gov Award” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Unda talabalar va “One Million Uzbek Coders” kursi bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
  9. Yil yakunlari: 2022-yilda o‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatlarga yo‘l olishgan. Ular asosan Rossiya, Turkiya hamda Qozog‘iston kabi mamlakatlarni afzal ko‘rgan.
  10. Gongkong universiteti balakavr yo‘nalishi uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur talabalarga yiliga $19 ming stipendiya ajratadi.