Xalqaro sayohatlar soni o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshdi, deya xabar bermoqda Aviasales.uz sayti. Unga ko‘ra, joriy yilda o‘zbekistonliklar 2 barobar ko‘p chipta qidirgan bo‘lib, bron qilishlar soni 3 barobar oshgan.

Sayohat yo‘nalishlarida ham o‘zgarishlar mavjud, xususan, 2022-yilda ro‘yxatga uchta yangi davlat — AQSh, Janubiy Koreya va Tailand kirdi.

Tahlilga ko‘ra, eng TOP xalqaro yo‘nalishlar qatorida quyidagilar mavjud:

  • Rossiya
  • Turkiya
  • Qozog‘iston
  • BAA
  • Janubiy Koreya
  • AQSh
  • Tailand

Eng ommabop shaharlar ro‘yxatida 2021-yildagi kabi birinchi uchta o‘rinni Moskva, Istanbul va Sankt-Peterburg egallagan. Qolaversa, ro‘yxatdagi yangi yo‘nalishlar orasida Minsk o‘rnini egallagan Seul ham bor.

Shuningdek, 2022-yilda joylarni bron qilish soni bo‘yicha TOP shaharlar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • Moskva
  • Istanbul
  • Sankt-Peterburg
  • Toshkent
  • Qozon
  • Novosibirsk
  • Seul
  • Dubay
  • Ekaterinburg
  • Olmaota

2022-yilda yetakchi mamlakatlarga chiptalarning o‘rtacha narxi biroz (4%) oshdi. Mashhur xalqaro yo‘nalishlarga chiptalarning o‘rtacha narxi o‘tgan yili 3 mln 570 ming so‘mni, joriy yilda esa 3 mln 720 ming so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, joriy yilda Rossiyaga chiptalar narxi sezilarli darajada pasaygan. 2021-yilda Rossiya shaharlariga chiptalar o‘rtacha 3 mln 800 ming so‘mni, 2022-yilda esa 3 mln 100 ming so‘mni tashkil qilib, 23%ga pasayganini ko‘rish mumkin.

2022-yilda O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar soni 7 barobarga oshdi. Ichki yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rtacha chek 14%ga o‘sdi — 2021-yildagi 310 ming so‘mdan 2022-yilda 360 ming so‘mgacha.

Joriy yilda ichki yo‘nalishlar qatorida Toshkent, Urganch, Buxoro, Samarqand hamda Nukus yetakchilik qilmoqda.

Tahlil o‘zbekistonliklarning keyingi yil uchun chiptalarni qidirish va bron qilishda davom etayotganlarini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonliklarning 2023-yil uchun eng ko‘p chipta qidiruvi quyidagi yo‘nalishlarga amalga oshirilmoqda:

  • Rossiya
  • BAA
  • Turkiya
  • Tailand
  • Janubiy Koreya
  • Hindiston
  • AQSh

Biroq, o‘zbekistonliklarning keyingi yil uchun chipta sotib oladigan davlatlar ro‘yxati qidiruv ro‘yxatidan biroz farq qiladi. Bu ro‘yxatga Rossiya, BAA, Hindiston, Turkiya, Qozog‘iston, Tailand va Malayziya kiradi.

“Bu yil O‘zbekistonda sayyohlik sanoati koronavirus cheklovlaridan to‘liq halos bo‘lganini ko‘rmoqdamiz. Pandemiya davri esa sayyohlarning xohish-istaklariga ta’sir qildi — endi o‘zbekistonliklar mamlakat ichida sayohat qilishlari mumkin”, — deya izohlaydi Aviasales.uz rahbari Ruslan Bayganurov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda xalqaro yo‘nalishlar o‘tgan yili borish qiyin bo‘lgan mashhur yo‘nalishlar va sayyohlar uchun qulay bo‘lgan.


Avvalroq, yangi “Air Samarkand” aviakompaniyasi birinchi bosqichda 14 ta yo‘nalish bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.