BAAda o‘tkaziladigan “Global Best M-Gov Award” global tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” xabar berdi.

“M-Gov Award” mahalliy va global muammolarni hal qilish va yangi texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan tanlov hisoblanadi.

Unda talabalar va “One Million Uzbek Coders” kursi bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, unda yakka tartibda qatnashish mumkin emas, kamida ikki va maksimal olti kishidan iborat jamoa shaklida ishtirok etish mumkin.

Barcha taqdimnomalar ilovaning asosiy xususiyatlari va afzalliklarini tushuntiruvchi videoni o‘z ichiga olishi kerak.

U dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning rasmiy vositalaridan birida ishlaydigan yoki simulyatsiya qilingan ishchi paketni o‘z ichiga olishi kerak. Rasmiy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish asboblar to‘plami bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin — iOS uchun; Android uchun.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin uchun — 1 mln dirham BAA ($272 ming);
  • 2-o‘rin uchun — 500 ming dirham BAA ($136 ming);
  • 3-o‘rin uchun — 250 ming dirham BAA ($68 ming);

G‘oliblar 2023-yil 13−15-fevral kunlari Dubayda bo‘lib o‘tadigan “World Government Summit” paytida e’lon qilinadi.

Arizalarni 10-yanvargacha jo‘natish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.