$300dan $1000gacha: dekabr oyida Toshkentda taklif etilgan ijara narxlari

Narxlar oshishi asosan Shayxontohur, Mirobod va Yunusobod tumanlarida kuzatilgan.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekiston banklarida so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2023-yil yanvar oyi bo‘yicha

Mavjud 32 ta bankdan 27 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 24%ni tashkil qilmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Yoshlarni milliy va xalqaro dasturlarni ishlab chiqishga keng jalb etishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari “Global Janub” ovozi sammitida nutq so‘zladi. Unda asosiy e’tiborni energetika, logistika hamda raqamlashtirish kabi sohalarga qaratdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekiston banklari taklif etayotgan dollardagi eng daromadli omonatlar. 2023-yil yanvar oyi bo‘yicha

Mavjud 32 ta bankdan 22 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 6,5%ni tashkil qilmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


IT bo‘yicha 5 ta kitob: Node.js

Ushbu to‘plam Node.js dasturiy platformasini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Yil yakunida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $2,3 mlrdga ortdi.
    Xalqaro zaxiralar 2022-yil boshidagi ko‘rsatkichga nisbatan esa 1,8%ga oshgan.
  2. Aviatashuvchilarga ichki turizm uchun subsidiya ajratish muddati uzaytirildi.
    Xususan, chipta narxining 25%i miqdorida subsidiyalar 2026-yilgacha ajratiladi.
  3. Olmaotada o‘tkaziladigan Astana Hub Battle musobaqasiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Loyihaning mukofot jamg‘armasi $18 mingni tashkil etib, unda startap loyihalar ishtirok etishi mumkin.
  4. Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
    Xususan, joriy yilning 1-sentabriga qadar xususiy investorlar jalb qilinishi belgilandi.
  5. 2022-yilda aholiga 14 trln so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari ajratildi.
    Bu ko‘rsatkich Toshkentda 4 trln so‘mdan, yana uchta viloyatda esa 1 trln so‘mdan oshdi.
  6. Turkiya hukumatining grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Unda bakalavr, magistratura hamda PhD uchun nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Grant barcha xarajatlarni qoplaydi hamda oylik stipendiya ajratadi.
  7. Ilon Mask shaxsiy boyligini yo‘qotish bo‘yicha Ginness rekordlari kitobiga kiritildi.
    2022-yilda Maskning boyligi rekord darajada, ya’ni $200 mlrdga kamaygan.
  8. Qirg‘izistonda xorijlik investorlar uchun 10 yilgacha amal qiladigan vizalar joriy etildi.
    Ular mazkur vizani olish uchun mamlakat iqtisodiyotiga kamida $116 ming sarmoya kiritishi kerak.
  9. LOT Polish Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirmoqda.
    Birinchi yo‘lovchi charter reysi 2023-yil 10-martga mo‘ljallangan bo‘lib, parvozlar har 10 kunda bir marta amalga oshiriladi.
  10. 2022-yilning oʻn oyida Oʻzbekistonga Krasnodar oʻlkasidan 1,1 ming nafar kishi kelgan.
    2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 22,4 mingdan ortiq kishi Krasnodar o‘lkasidan chet elga chiqib ketgan.