2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 22,4 mingdan ortiq kishi Krasnodar o‘lkasidan chet elga chiqib ketdi. Bu 2021-yilning shu davriga (10,1 ming) nisbatan 2,2 barobar ko‘p, deya xabar bermoqda “RBC” nashri Krasnodarstat ma’lumotlariga tayanib.

MDH davlatlariga eng koʻp — 20,8 ming, jumladan, Ukrainaga — 8,4 ming kishi, Armanistonga — 5,9 ming kishi, Qozogʻistonga — 2,1 ming kishi ketgan.

Oʻzbekistonga Krasnodar oʻlkasidan 1,1 ming nafar, Tojikistonga — 915 nafar, Qirgʻizistonga — 587 nafar fuqaro joʻnab ketgan.

1,7 ming nafarga yaqin aholi boshqa xorijiy davlatlarga, jumladan, Gruziya (353 nafar), Abxaziya (390 nafar), Germaniya (127 nafar) va boshqalarga koʻchib kelgan.

Avvalroq O‘zbekiston 2022-yilda rossiyalik tadbirkorlarning faol ko‘chib kelgan mamlakatidan biriga aylangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, “Immigrant House” kompaniyasi mutaxassislari rossiyaliklar qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani va qayerga immigratsiya qilish oson ekanligini tahlil qilgani haqida yozgandi.

Maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning o‘n oyida Oʻzbekistonga 395 ming rossiyalik sayyohlik maqsadida kelgan.