Hukumat qarori bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlar xarajatlarining bir qismini respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hujjat bilan aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlarda avia tashuvlarni amalga oshirish uchun subsidiya ajratish muddati uzaytirildi.

Xususan, chipta narxining 25%i miqdorida subsidiyalar 2026-yilgacha ajratiladi. Oldin mazkur muddat 2022-yilning 1-iyunigacha etib belgilangandi.

Vazirlar mahkamasi tomonidan aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini qaytarish tartibi belgilangandi.

Mazkur hujjatda o‘zbekistonliklar hamda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmaganlar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan transport chiptalari narxining 15%i hamda mehmonxona xizmatlari narxining 10%i miqdorida subsidiya ajratilishi belgilangan.


2022-yilning 1-sentabridan ichki sayohatlarni amalga oshirgan O‘zbekiston fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib berila boshlangandi.