Markaziy bankning 2023-yil 15-mart holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11 446 (+25,78) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 13-martda belgilangan 11 402 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, qarib 56 so‘mga qimmatladi.

15-mart kuni aksariyat banklarda sotish kursi 11 500 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 390 so‘mdan 11 445 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul xarid kursini (11 505−11 500 so‘m) “Xalq banki”, “Garantbank”, “Mikrokreditbank”, “Orient Finans Bank”, “Ziraat Bank Uzbekistan”, “Universalbank”, “Hamkorbank” va “Agrobank"taklif qilmoqda.

Eng maqbul sotuv kursini (11 390−11 445 so‘m) “Agrobank”, “Sanoatqurilishbank”, “Trastbank”, “Hamkorbank”, “Ipak Yo‘li Banki”, “KDB Bank O‘zbekiston” va yana 6 ta bank taqdim etmoqda.