Xorijda ta’lim: Anqara universiteti magistranti Kamola Nosirova hikoyasi

U “Spot” bilan suhbatda mamlakat grantini qanday qo‘lga kiritgani, dastur qanday imkoniyatlar berishi, Turkiya hayoti hamda ta’lim tizimi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary


Bellissimo Pizza: AQShda yaralgan g‘oya qisqa muddat ichida qanday qilib oʻnlab filiallarga ega biznesga aylandi?

“Bellissimo” pitsaxonalari tarmog‘i asoschisi Farruh Abdullayev “Spot"ga nega biznesda joylashuv muhimligi, nima uchun bepul yetkazib berish xizmatini to‘xtatmasliklari, xatolari va ushbu biznesga qancha mablag‘ bilan kirish mumkinligi va boshqalar haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary


Toshkentdagi IT-kurslar: o‘quv markazlari, yo‘nalishlar va ularning narxi haqida batafsil ma’lumot

“Spot” IT bo‘yicha ta’limni o‘zbek tilida ham beradigan markazlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary


IT bo‘yicha 5 ta kitob: Apache Tomcat

Ushbu to‘plam Apache Tomcatni o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

hafta yakuni, week summary


Italiyaning Piza universiteti UNIPI grant dasturiga ariza qabul qilmoqda

Unda bakalavr va magistratura uchun nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Talabalarga 6500 yevrodan 8 ming yevrogacha stipendiya taqdim etiladi.

hafta yakuni, week summary


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Poytaxt jamoat transportida oshayotgan narxlar va yangi tariflar: yo‘lovchilarga qanday yengilliklar berilmoqda?
    Naqd pulda harakatlanuvchi yo‘lovchilar uchun bir martalik yo‘lkira narxi 2000 so‘mni, bank va transport kartalari hamda mobil ilovalar orqali to‘lov qiluvchi yo‘lovchilar uchun esa 1600 so‘mni tashkil etadi.
  2. Regulyator Yangi Bankga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berdi.
    Bu bilan, mazkur bank Oʻzbekistonda faoliyat olib boruvchi 35-bank boʻladi.
  3. UzAuto Motors Onix va Tracker uchun buyurtmalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi.
    Kompaniya ushbu modellarning konfiguratsiyasi yangilanishi sababli shartnomalar berishning to‘xtatilganini ma’lum qildi.
  4. Gaz zapravkalarda bosim pasaytirilmaydi — Energetika vazirligi.
    Vazirlik ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asossiz ekanligini ta’kidlab, quvurlarda gaz bosimi bir maromda ekanligini ma’lum qildi.
  5. Yevroosiyo banki O‘zbekistonda sho‘ba korxonasini ochish uchun dastlabki ruxsatni oldi.
    Markaziy bank raisi o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, bank O‘zbekistonda o‘z faoliyatini joriy yil oxirigacha boshlaydi.
  6. Turkiston bank omonatchilari o‘z mablag‘larini qachon qaytarib olishadi — regulyator oydinlik kiritdi.
    Sud qarori 52 ta omonatchidan 18 ta fuqaroning 29 mlrd so‘mlik qarzdorligini omonat sifatida tasdiqlab bergan. Ular tasdiqlangan kundan ikki oy o‘tib, mablag‘larini olishlari mumkin.
  7. HUMO va UZCARD to‘lov tizimlari integratsiyasi 10 kun ichida respublika bo‘ylab to‘liq ishga tushiriladi — Mamarizo Nurmuratov.
    Markaziy bank raisiga ko‘ra, to‘lov tizimlari integratsiyasi ishlari yakunlanish arafasida, hozirda bir nechta banklarda bu tizim pilot loyiha tarzida amalga oshirilmoqda.
  8. 2023-yilda O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi $3 mlrdni tashkil etdi.
    Pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19%ga o‘sgan.
  9. Uch oyda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qanchaga yetdi?.
    Yanvar-mart oylarida mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda kuzatilgan — 6,6 mln so‘m.
  10. Twitter butun dunyo boʻylab kontent monetizatsiyasini ishga tushirdi.
    Biroq Rossiya pullik obunalarni ishga tushirish mumkin boʻlgan mamlakatlar roʻyxatiga kiritilmagan.