Ilon Mask “Twitter"da foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontentni monetizatsiya qilish boshlanganini e’lon qilgandi.

Endilikda “Twitter” butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun kontentni monetizatsiya qilish funksiyasini ishga tushirdi.

Biroq Rossiya pullik obunalarni ishga tushirish mumkin bo’lgan mamlakatlar roʻyxatiga kiritilmagan.

Ilon Mask foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontentni monetizatsiya qilish bir yil davom etishini, keyin esa kompaniya komissiya olishni boshlashini ma’lum qildi.

Birinchi yildan keyin bu komissiya 15%gacha tushadi. Keyinchalik “Twitter” ham o‘z komissiyasini qo‘shadi.

Pulli kontentga ega mualliflar uchun quyidagi mezonlar mavjud: ular 18 yoshdan oshgan, kamida 500 ta obunachiga ega bo‘lgan, oxirgi 30 kun ichida kamida 25 ta tvit yozgan boʻlishi kerak.

Monetizatsiya qilish huquqiga ega blgan mualliflar asosiy menyuda tegishli blimga ega bladilar.

monetizatsiya, twitter

Foto: Twitter / @elonmusk

“iPhone'dagi ilovada obunani faollashtirish uchun yana bir necha kun kerak bo‘ladi, chunki dasturda ishtirok etish Apple tomonidan tasdiqlanishi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Ilon Mask.

“Twitter” kontentini monetizatsiya qilish 2022-yil noyabr oyi boshida, Mask boshqaruvni qoʻlga kiritgandan soʻng eʼlon qilingandi.

Joriy yil fevral oyi boshida u “Twitter"ning reklamadan tushgan daromadini kontent yaratuvchilar bilan bo‘lishishga va’da bergandi.