Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-mart oylari bo‘yicha axborot va aloqa sohasida faoliyat olib boradiganlarning oylik ish haqi 9,3 mln so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yili IT-mutaxassislari O‘zbekistonda eng ko‘p ish haqi oladigan xodimlar qatoridan joy olgandi.

Qolaversa, bugungi kunda mamlakatda soha mutaxassislariga talab yuqori. Talab ketidan esa taklif ham ortib bormoqda — hozirda nafaqat ixtisoslashtirilgan universitetlarda bunday ko‘nikmalarni egallash yoki ularni takomillashtirish bilan shug‘ullanish mumkin, balki buning uchun ko‘plab professional kurslar ham mavjud.

“Spot” IT bo‘yicha ta’limni o‘zbek tilida ham beradigan o‘quv markazlari, yo‘nalishlar va ularning narxi haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyga jamladi.


Najot Ta’lim

Ushbu markazda quyidagi kurslar mavjud:

  • Dasturlash foundation;

  • .NET mutaxassislik kursi.

Foundation dasturlash kursida C va Python dasturlash tillari va ular orqali dasturlashning mantiq-mohiyati oʻrgatiladi.

.NET mutaxassislik kursi yordamida universal C# dasturlash tilida ishlovchi va oʻz faoliyatida .NET platformasi va texnologiyalaridan foydalanuvchi dasturchiga aylanadi.

C# dasturlash tilining imkoniyatlari va qoʻllash doirasi nihoyatda keng, uni mukammal bilgan dasturchi esa veb-saytlardan tortib mobil va desktop ilovalargacha, oʻyinlardan tortib kross-platformali dasturlargacha qurish imkoniyatiga ega boʻladi.


BePro IT Academy

O‘quv markazida kompyuter savodxonligi va axborot xavfsizligi asoslari bo‘yicha kurslar tashkil etilgan.

  • MS Office (MS Word, MS Excel, MS Power Point)
  • Front-end (HTML/CSS JavaScript);
  • Full stack Python (+Django);
  • Java (+Spring);
  • PHP (+Laravel);
  • Android Developer (Java da);
  • .NET Web Developer (C#);
  • Cyber Security & Ethical Hacking;
  • Grafik dizayn (Photoshop, CorelDraw,);
  • Web Design (Figma);
  • UI/UX;
  • 3D Max, AutoCad;
  • Digital Marketing (SEO, SMO, ASO, “Яндекс директ”, Google Adwords, Market Place optimization);
  • DevOps.

SOS IT Academy

Veb-dasturchi bo‘lishni xohlovchilar ushbu kurslarda qatnashish imkoniyatiga ega:

  • HTML5&CSS3
  • Bootstrap4
  • JavaScript
  • jQuery
  • React / Ajax

Backend uchun:

  • PHP
  • PHP MySQL
  • Laravel5 Basic
  • Laravel5 Advanced

Bo‘lajak dasturchilar Java, Python, C++ kabilarni o‘rganadilar. Bundan tashqari, kompyuter grafikasi va dizayn kurslari ham mavjud.


PROWEB

Markazda veb-dasturlash, internet-marketing, veb-dizayn, 3D modellashtirish va vizualizatsiya kurslari joriy etilgan.

Veb-dasturlash kurslarida talabalar asosiy tillarni o‘rganadilar, veb-saytlar yaratadilar, muvaffaqiyatli dasturchilar foydalanadigan vositalar bilan tanishadilar.

Python yordamida ular online-do‘konlar, veb-ilovalar va Telegram-botlarini yaratishni o‘rganadilar.


Astrum IT Academy

Akademiyaga 16 yoshdan oshganlar qabul qilinib, u yerdagi ta’lim tizimi 2 qismga bo‘linadi — preseason va asosiy kurs. Preseason 1 oy, asosiy kurs esa 12 oy davom etadi.

Akademiyada 3 ta yo‘nalish mavjud:

  • Data Science;
  • Full Stack;
  • Software Engineering.

Mashg‘ulotlar sun’iy intellekt yordamida ingliz tilida olib boriladi. Agar kerak bo‘lsa o‘zbek tilida mentorlar tomonidan yordam ko‘rsatiladi.

“Astrum” bitiruvchilarga ta’lim yakunida Amerikaning Silikon vodiysi standartlariga ko‘ra, QWASAR xalqaro IT-sertifikatini taqdim etadi.


Ilmhub

O‘quv markazida Foundation Programming, .NET Bootcamp, Python, Scratch, React Native kabi kurslar mavjud.

Viloyatdagilar yoki oflayn oʻrgana olishga imkoni yoʻqlar uchun darslar onlayn tarzda ham olib boriladi.

Bolalar uchun KIDS dasturi mavjud, unda dasturlash va robototexnika koʻnikmalari oʻrgatib boriladi.


Codecraft

Bu yerda 7 dan 25 yoshgacha IT-olamiga endi kirib kelayotgan va davom ettiruvchilarga ta’lim beriladi.

Ular markazda dasturlashning asosiy tamoyillari (Python, Javascript, PHP, Android)ni egallashlari mumkin boʻladi.

Kompyuterda ko‘p vaqt o‘tkazadigan bolalar uchun Scratch va Unity o‘yinlarini ishlab chiqish bo‘yicha mashg‘ulotlar olish mumkin.


JuniorCode

Xalqaro dasturlash maktabi 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qiladi.

Trening rus metodologiyasi bo‘yicha Scratch junior, Scratch, App Inventor, CoffeeScript, JavaScript, Python va Unity 3D kabi texnologiyalarda olib boriladi.


Bobir Akilkhanov Tech Academy

Bolalar va kattalar uchun dasturlash kurslari quyidagilardan iborat:

  • Full stack Python;
  • Full stack JavaScript;
  • .NET Web Developer (C#);
  • Motion Design — CGI 3D Artist;

Mini (3 oylik) kurslarda esa computer science, sayt yasash asoslari kabilar oʻrgatiladi.

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa ma’lumotlar tahlilini o‘tkazish, kiberxavfsizlikni yaratish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, ilovalar va kompyuter o‘yinlarini yaratishni o‘rganadilar.


PDP Academy

Oddiy boshlang‘ich kurslarga qo‘shimcha ravishda, akademiya yettita RoadMap to‘liq kursini taklif qiladi. Shunday qilib, bo‘lajak dasturchilar mavjud bilim darajasini oshiradilar.

Intensiv Bootcamp kurslarida talabalar tanlangan yo‘nalishlardan birini chuqurroq o‘rganadilar, ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Java back-end development;
  • Front-end development;
  • Android App development;
  • Flutter development.

UAcademy

  • Foundation;
  • Frontend bootcamp;
  • Backend bootcamp;
  • QA bootcamp;
  • Mobile bootcamp;
  • DevOps bootcamp;
  • UI/UX Design bootcamp.

Kurslar narxi va davomiyligi

Ma’lumotlar faqat tanishtirish maqsadida taqdim etildi. “Spot” narxlarni markazlarning o‘zida tekshirishni tavsiya qiladi.

Oʻquv markazi nomi
Guruh kurslari to‘lovlari
(oylik, so‘mda)
Darslar davomiyligi
“Najot Ta’lim”
2,5 mln
4−11 oy
“BePro IT Academy”
1 mlndan 2 mlngacha
1−7 oy
“SOS IT Academy”
700−900 ming
4−9 oy
“PROWEB”
1,4 mln-2,6 mln*
2−10 oy
“Astrum IT Academy”
1,5 mln
1 oy sinov muddati
18 mln
12 oy
“Ilmhub”
790 mingdan 2,2 mlngacha
4−9 oy
“Codecraft”
650−50 ming
2−7 oy
“JuniorCode”
540 ming va undan yuqori
1−10 oy
“Bobir Akilkhanov Tech Academy”
2,3−2,5 mln
3−9 oy
“PDP Academy”
590 ming 1,4 mln
2,5−11,5 oy
“UAcademy”
1 mlndan 7mlngacha
1−3 oy

*Individual kurs narxi


Avvalroq “Spot” Toshkentda qanday kovorking markazlari borligi, ularning sharoitlari va xizmatlar narxi qanchaligi haqida ma’lumotlarni to‘plagandi.