Ijtimoiy tarmoqlarda “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi"da ta’mirlash ishlari boshlanishi sabab bosimning ma’lum muddatga pasayishi haqida xabarlar tarqaldiю

Energetika vazirligi bu bo‘yicha munosabat bildirib, quvurlarda gaz bosimi bir maromda ekanligini ta’kidladi.

“Mamlakat, xususan, vodiy viloyatlarida gaz shoxobchalarining faoliyatini cheklashga hech qanday asos mavjud emas”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, AGTKShlarning talabiga nisbatan 10−15% ko‘p tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, ayrim gaz shoxobchalari faoliyatida noqonuniy holatlar, davlat va iste’molchilar manfaatlariga zarar yetkazilayotgani aniqlangan.

Bu bo‘yicha tekshirish ishlari olib borilayotgani sabab ular faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.


Avvalroq, “UNG Petro” yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 benzini narxi qimmatlashishiga oid xabarlar muhokamaga sabab bo‘lgandi.

“O‘zbekneftgaz"narxlar qimmatlamasligini, chegirmalarni bekor qilish haqidagi xabarlar davlat kompaniyasi rahbariyati bilan kelishilmaganini ma’lum qildi.