Shaxsiy tajriba: 1100 dollarga Gruziya va Ozarbayjon bo‘ylab bir haftalik sayohat

Truckstaff Investment menejeri Vazira Mamadiyeva marshrutlar, maslahatlar va qulay narxlar bilan o‘rtoqlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Ipoteka subsidiyasini qanday onlayn olish mumkin? Qo‘llanma

Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Davr Bank’ni transformatsiya qilish jarayoni rahbari Damir Kakiyev tavsiya qilgan 5 ta kitob

Damir “Spot” bilan unga kerakli koʻnikmalarga ega boʻlish, bank sohasida karyera qilish hamda kuch-quvvat manbaini topishga yordam bergan kitoblar bilan boʻlishdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Biznes g‘oya: O‘zbekistonda dezinfeksiya biznesini qanday ochish va undan qancha daromad olish mumkin?

Dezinfeksiya xizmatlari kompaniyasi hammuassisi E’zozbek A’zamxo‘jayev “Spot"ga bunday biznesni qanday boshlash, litsenziya olish jarayoni va mijozlar bilan qanday ishlash kerakligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Biznes tarixi: Crocs shippaklari qanday paydo bo‘lgan?

Spot yangi sahifani taqdim etmoqda. Unda dunyoga mashhur brendlar qanday paydo bo‘lgani, qiyinchiliklar hamda bugungi kundagi daromadi haqida ma’lumotlar beriladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Shavkat Mirziyoyev: hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari isloh qilinadi.
    “Spot” referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvdan davlat rahbari ilgari surgan muhim tashabbus, topshiriq va vazifalar, belgilanayotgan rejalarni bir joyga jamladi.
  2. “Unicorns” startap tanlovining uchinchi mavsumiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 150 mln so‘mni tashkil etadi. Qo‘shimcha ravishda eng yaxshi loyihalarga venchur jamg‘armalar tomonida $100 000 gacha investitsiya kiritiladi.
  3. O‘zbekistonda “Coursera” bilan onlayn kurslarning yangi mahalliy platformasi ishga tushirildi. Shuningdek, bepul kurslar dasturi yangilanib, ro‘yxatga data science, sun’iy intellekt, texnologiya, biznes va soft skills bo‘yicha 10 mingta kurs qo‘shilgan.
  4. Prezident kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish bo‘yicha yangi ko‘rsatmalar berdi.
    Yangi ish o‘rni yaratgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi, kredit va subsidiyalar har bir kambag‘al oilaga alohida yondashuv asosida taqdim etiladi va boshqalar.
  5. Tadbirkorlarning bankdagi pul mablag‘larini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik belgilandi.
    Unga ko‘ra, mazkur holat sodir etilganda BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6 mln 600 ming so‘mdan 13 mln 200 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi.
  6. Iste’mol kayfiyati: aholining kreditga talabi kamaymoqda, daromadi oshishini kutayotganlar soni esa ko‘p.
    Shuningdek, keyingi oylarda aholi asosan, uy-joy ta’miri va xaridi uchun hamda avtomobil, davolanish kabi qo‘shimcha xaridlarni amalga oshirish istagida. Bu davrda jamg‘arish kayfiyati ham ijobiy shakllangan.
  7. Energetika tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi — nimalar belgilanmoqda?
    “Spot” videoselektor yig‘ilishda prezident tomonidan ilgari surilgan muhim vazifalar va topshiriqlarni bir joyga jamaldi.
  8. Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi qurilishiga start berildi.
    Uning ishlab chiqarish quvvati dastlabki bosqichda yiliga 10 ming dona avtomobilni tashkil etadi. Loyiha doirasida 1000 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratilishi ta’kidlangan.
  9. Joriy yilning o‘tgan davrida qariyb 1 mlnga yaqin o‘zbekistonliklar ish bilan ta’minlangan.
    Shuningdek, 46 mingdan ortiq aholi tayyorlov va malaka oshirish uchun jalb qilingan. Ular asosan xizmat ko‘rsatish, qurilish va IT kabi sohalarda o‘qishadi.
  10. Toshkent yetakchi: aholining ipoteka kreditiga bo‘lgan talabi o‘sishda davom etmoqda.
    Birinchi chorakda fuqarolarga ajratilgan ipoteka kreditlari 3,3 trln so‘mni tashkil etdi. Uy-joy uchun kreditga talab poytaxtdan keyin Toshkent va Navoiy viloyatlarida yuqori bo‘ldi.