Hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” ma’lum qildi.

Unga muvofiq, Idoralararo tarif komissiyasining joriy yili 3-iyuldagi qarori bilan bu turdagi kompensatsiyaning yangi miqdori belgilandi.

Xususan, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2023-yilning ikkinchi choragidan boshlab 55%ga oshirilib, 116 180 so‘mni tashkil qiladi.

Shu paytga qadar mazkur to‘lov miqdori 75 ming so‘mni tashkil etardi.

Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yashash joyi bo‘yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qilishlari mumkin.

Benzin uchun kompensatsiya to‘lovlari “O‘zbekneftgaz” tomonidan moliyashlashtiriladi.


Avvalroq “Spot” kompyuter xaridi uchun iste’mol kreditlari va kompensatsiyani qanday olish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.