21-avgust kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yakkasaroy tumani: “Boshliq” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Oltintepa” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

18-avgust kuni ham mazkur tumanlarning ayrim hududlarida elektr energiyasini yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgandi.

Avvalroq prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan ta’minlash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi.

Tuman hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar va departament rahbarlari qaysi tumanda energiyani o‘g‘rilash davom etsa, noreal qarzdorlik oshib ketsa, elektr va gaz rahbarlariga qo‘shilib javobgar bo‘lishi haqida ogohlantirildi.