Toshkentda metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti o‘zgartiriladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Metroda yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan OTMning maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 4-sentabridan 31 ta OTM talabalari o‘zgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

dars, otm, ta'lim

Avvalroq O‘zbekistonda 38 ming o‘rinli 83 ta talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Toshkentda 48 976 nafar talabaning (30%) turar joyga ehtiyoji mavjud, ularning ijara shartlari asosida xususiy xonadonlarda yashashiga to‘g‘ri keladi.