“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanloviga arizalar qabuli boshlandi.

Tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, quyidagi mezonlarga ko‘ra saralab olinadi:

  • energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar yaratishga doirligi;
  • atrof-muhitni himoyalash bo‘yicha muammolarni hal qilishga qaratilganligi;
  • jtimoiy ahamiyati va jamiyatga keltira oladigan foydasi;
  • foydalanishga tayyorligi;
  • eksportga mo‘ljallanganligi va import o‘rnini bosishi.

Tanlovda 16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin bo‘lib, aniq bir ixtiro, foydali model va ratsionalizatorlik taklifi, loyihaning prototipi mavjud bo‘lishi kerak.

Tanlovning 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari tegishlicha BHMning 300, 250 va 200 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Arizalar joriy yilning 6-oktabriga qadar qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola bu yerda.