“McDonald's” tarixi: kichik tamaddixona qanday qilib minglab restoranlarga ega tarmoqqa aylandi?

“McDonald's"ning muvaffaqiyat tarixi 1940-yil ikki aka-uka Richard va Morris Makdonaldlar Kaliforniyada kichik tamaddixona ochgan paytdan boshlanadi. Bugungi kunda tarmoq 36 mingdan ortiq restoranlarga ega.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Germaniyaga uchta grant yutgan Umrbek Ibragimov hikoyasi

U “Spot"ga grantlarni qanday qo‘lga kiritgani, buning uchun nima qilish kerakligi va mamlakat ta’lim tizimi, talabalarning o‘qishdan tashqari ishlashi haqida ma’lumotlar berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Biznes-rejani qanday to‘g‘ri tuzish mumkin? Qo‘llanma

“Yaran Consulting” buxgalterlik kompaniyasi hammuassisi Yevgeniya Son “Spot"ga ichki foydalanish uchun biznes-rejani mustaqil ravishda qanday tuzish, bunda nimalarga e’tibor berish va u qaysi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerakligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“O‘zbekistonning xorijlik mutaxassislardan ko‘ngli qoldi” — Alyona Vladimirskaya mehnat bozoridagi tendensiyalar haqida

HR-mutaxassisi mehnat bozoridagi ishlar qanday kechayotgani, qaysi xorijliklar jalb qilingani, nima uchun ularga ko‘proq maosh to‘langani hamda so‘nggi bir yilda bu tendensiya qanday o‘zgargani haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. 18-sentabr kuni “UzAuto Motors” “Cobalt”, “Lacetti”, “Damas” hamda “Labo” modellari uchun sotuvlarni qayta ochdi. Shu kuni 3 soatdan keyin kompaniya shartnomalar tugaganini hamda 28 mingdan ortiq shartnomalar imzolanganini ma’lum qildi.
  2. “X” barcha foydalanuvchilar uchun pullik bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq egasining so‘zlariga ko‘ra, bu botlarning katta armiyasiga qarshi kurashish uchun joriy qilinadi.
  3. Yil oxirigacha pensiyalar miqdori oshirilishi mumkin. Xususan, pensiyalarni inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda jami 14%ga oshirish rejalashtirilgan. Bu bo‘yicha tegishli qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
  4. AQShning IT-autsorsing va BPO kompaniyalari bilan O‘zbekistonda 1500dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Mazkur xizmatlarni ko‘rsatuvchi kompaniyalarni mamlakatga jalb qilish orqali 2024-yilning yakunigacha yangi ish o‘rinlarini tashkil etish belgilanmoqda.
  5. “Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yo‘limiz yo‘q” — Shavkat Mirziyoyev. Davlat rahbari BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlab, global va mintaqaviy masalalar yechimiga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.
  6. Energetika subsidiyalari yiliga $1 mlrddan oshadi — Energetika vazirligi. Sohaning bozor tamoyillariga o‘tishi budjetga sezilarli mablag‘larni tejash imkonini berishi kutilmoqda.
  7. Oyiga bitta kompaniyadan $3700 topayotgan frilans dasturchi hikoyasi. Murodillo Ismatov mutaxassisligi bo‘yicha mobil dasturchi. 100dan ortiq mahalliy va xalqaro kompaniyalar loyihalarida ishtirok etgan. Hozirda Yevropa kompaniyalarida frilanser sifatida ishlab kelmoqda.
  8. O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini 40%ga qisqartirdi. Sakkiz oy natijalariga ko‘ra, mamlakatga ko‘k yoqilg‘i yetkazib berish $370 mlndan ortiq daromad keltirgan.
  9. “Visa” kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochdi. Kompaniya vakillari mazkur ofisning ochilishi mamlakatdagi moliya institutlari, savdo hamda xizmat ko‘rsatish korxonalariga yordam berish imkonini oshirishini qayd etishmoqda.
  10. Toshkent metrosi Face ID orqali to‘lovlarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Tizim hozircha faqat “Buyuk Ipak yo‘li” bekatida mavjud bo‘lib, 2024-yilning iyul oyiga qadar barcha metro bekatlarini qamrab olish rejalashtirilgan.