Toshkent metropolitenida Face ID orqali yo‘l haqi to‘lash tizimini sinovdan o‘tkazish boshlandi. Bu yo‘lovchilarga kontaktsiz to‘lov qilish imkonini beradi. Bu haqda “Spot"ga qurilmani ishlab chiqqan “VisionLabs” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirda yuz orqali to‘lovni faqat bitta — Chilonzor yo‘nalishidagi “Buyuk ipak yo‘li” bekatida amalga oshirish mumkin.

2024-yilning iyul oyiga qadar yo‘lkira to‘lovining ushbu yangi tizimi barcha metro bekatlarini qamrab olishi rejalashtirilgan. Biroq, yangi to‘lov texnologiyasini kengaytirish jarayoni keyingi moliyalashtirishga bog‘liq bo‘ladi.

Face ID orqali yo‘lkira haqini to‘lash uchun “ATTO” ilovasini o‘rnatish va balansni to‘ldirish kerak. Shundan so‘ng, smartfon old kamerasi bilan selfi olish orqali biometrik ma’lumotlarni topshirish kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish bir necha daqiqani talab qilinadi.

To‘lov qilish uchun shunchaki turniketdagi kameraga qarashning o‘zi kifoya qiladi:

Yangi texnologiyalarni joriy etish loyihasi tashabbuskori Transport vazirligi bo‘lib, moliyalashtirish “Aloqabank” tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha “VisionLabs” xalqaro kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Xususan, u Moskva metrosida Face ID to‘lov texnologiyasini o‘rnatish bilan ham shug‘ullangan.

VisionLabs matbuot xizmatida qayd etilishicha, kompyuter nigohi texnologiyalarining yuqori aniqliligi tufayli tizim hatto yuz qisman to‘silgan — ko‘zoynak taqqan, tibbiy niqob va bosh kiyimdagi odamni ham taniy oladi.