“Yandex” Alisa ovozli yordamchisi texnologiyalariga asoslangan arab tilidagi sun’iy intellekt yordamchisi Yasminani taqdim etdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Arab tilidagi sun’iy intellekt yordamchisi “Yandex Alisa” virtual yordamchilari va robototexnikasini rivojlantirish markazi tomonidan yaratilgan texnologiyalardan foydalanadi, deyiladi kompaniya xabarida.

U savollarga javob berishi, aqlli uyni boshqarishi va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.

Kompaniya bu Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bozori uchun mo‘ljallangan yangi mahsulot ekanligini ta’kidladi.

BAA va Saudiya Arabistonidagi foydalanuvchilar Dubayda bo‘lib o‘tayotgan “GITEX” ko‘rgazmasida yordamchining beta-testi uchun kutish ro‘yxatiga yoki saytda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Biroq kompaniya beta-test qancha davom etishini oshkor etmadi.

“Yasmina” asosiy arab lahjalarini tushunadi va Xaliji tilida ravon suhbatni davom ettira oladi.

Yordamchi Ar-Riyod, Jidda, Dammam va boshqa shaharlar aholisi tomonidan o‘qitildi, shuning uchun u turli nutq va intonatsiyalarini taniy oladi.

Kelajakda ishlab chiquvchilar ingliz tilini qo‘llab-quvvatlashni qo‘shishni rejalashtirmoqda.


Avvalroq “Spot” “Yandex” “Alisa” ovozli yordamchisiga qozoq tilini qo‘shgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, yil oxiriga kelib qozoq tilidagi ovozli yordamchi Yandex brauzerida kompyuterlar, smartfonlar va mobil ilovada mavjud bo‘ladi.