HONOR O‘zbekiston aholisi orasida o‘ziga xos ovozni topish maqsadida HONOR OVOZI loyihasining ikkinchi bosqichini boshladi. Tanlov doirasida O‘zbekistonning barcha fuqarolari 2023-yil 9-oktabrdan 25-oktabrgacha loyihada ishtirok etish va brendning “ovozli elchisi” bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi — g‘olibning ovozi HONOR brendining O’zbekistondagi reklama roliklari yakunida va marketing materiallari yangraydi.

25-oktabrdan 29-oktabrgacha mustaqil HONOR hakamlar haʼyati “Go beyond HONOR” iborasi aytilgan 10 000 dan ortiq ovoz namunalarini tinglab chiqdi. Hakamlar hay’ati a’zolari kompaniya nomining to‘g‘ri talaffuzi, ovozning ifodaliligi, tembri, shuningdek, ishtirokchilarning xarizmasi va artikulyatsiyasining ravshanligini baholadilar. Natijada 30 nafar finalchi tanlab olindi, ulardan biriga ommaviy ovoz berish natijalariga ko‘ra butun oila uchun HONOR gadjetlari to‘plami: to‘rtta smartfon, noutbuk va simsiz naushniklar taqdim etiladi. Bundan tashqari, g‘olib mamlakatda keng taniladi.

Loyihaning ikkinchi bosqichida o‘zbekistonliklar 2023-yil 30-oktabrdan 5-noyabrgacha o‘zlari yoqtirgan ishtirokchiga ovoz berish orqali g‘olibni aniqlashlari mumkin. Saylovchilarga tanlov sahifasida finalchilarning audioyozuvlarini diqqat bilan tinglash, so‘ngra ovozi eng noyob eshitilgan nomzodning yozuvini tanlash taklif etiladi.

2023-yil 6-noyabrda ovoz berish natijalari sarhisob qilinadi va e’lon qilinadi. HONOR OVOZI loyihasi natijalaridan birinchi bo‘lib xabardor bo‘lish uchun foydalanuvchilar Instagram'dagi rasmiy brend sahifasiga obuna bo‘lishlari yoki hihonor.com rasmiy saytidagi yangiliklarni kuzatib borishlari mumkin.

Reklama huquqlari asosida.