HONOR texnologiya brendi O‘zbekiston aholisi orasida o‘ziga xos ovozni topish maqsadida tashkil qilingan HONOR OVOZI loyihasi g‘olibini e’lon qildi.

Birinchi bosqichda, 2023-yil 9-oktabrdan 25-oktabrgacha bo‘lgan davrda mamlakatning har bir fuqarosi loyihada ishtirok etish va brendning O‘zbekistondagi “ovoz elchisi” bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Buning uchun maxsus tanlov saytiga “Go beyond HONOR” iborasi talaffuz qilingan ovoz namunasini yuklash kerak edi.

Birinchi bosqichdan so‘ng HONOR hakamlar hay’ati a’zolari kompaniya nomining to‘g‘ri talaffuzi, ovozning ifodaliligi, tembrini, shuningdek, barcha ishtirokchilarning xarizmasi va artikulyatsiyasining ravshanligini baholadilar. Hammasi bo’lib 10 000 dan ortiq ishtirkokchi arizalari kelib tushgan edi.

Keyin ikkinchi bosqich boshlandi: 2023-yil 30-oktabrdan 5-noyabrgacha butun mamlakat aholisi hakamlar hayʼati tomonidan tanlangan 30 nafar finalchining ovoz namunalarini tinglash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Har bir audiofaylni diqqat bilan tinglab, 1900 ga yaqin kishi o‘zlari yoqtirgan audio yozuv uchun tanlov sahifasida ovoz berib, ularni baholashdi.

Ovoz berish natijalariga ko’ra, qo‘qonlik Muzaffarjon Ne’matov katta farq bilan HONOR OVOZI loyihasi g‘olibi deb topildi — uning ovozi 751 kishiga yoqdi. Barcha natijalar bilan honorovozi.uz saytida tanishish mumkin.

honor, honor ovozi, реклама

“Notiqlik va suhandonlik mening sevimli hobbiym. Yaqinda bir tanishim Honor kompaniyasi o‘z slogani uchun noyob ovoz qidirayotgani va tanov e’lon qilgani haqida aytib qoldi. Men ham yangicha yo‘nalishda o‘zimni sinab ko‘rishga qaror qildim va bugun g‘oliblik nasib qildi. Ushbu loyihaning tashabbuskori bo‘lgan Honor kompaniyasiga va ovoz berib qo‘llab quvvatlagan xalqimizdan minnatdorman”, — o‘rtoqlashdi Muzaffarjon Ne’matov.

G‘olibning ovozi endi O‘zbekistondagi HONOR uchun reklama roliklari va marketing materiallari oxirida yangraydi. Bundan tashqari, xalq tanlagan Muzaffarjon Ne’matov brend tomonidan butun oilasi uchun ajoyib texnologik gadjetlar to‘plamini qo’lga kiritdi: HONOR X9a, HONOR X8a, HONOR X7a va HONOR 90 smartfonlari, bir juft HONOR Choice Earbuds X3 Lite minigarnituralari kabi. shuningdek, Magicbook X14 2023 noutbuki.

“O‘zbekiston barchani o‘z mehmondo‘stligi va noyobligi bilan hayratda qoldiradi. Bu yerda insonlar juda ijodkor, asosiysi, har yerda ko‘plab iqtidorlarni topish mumkin. Bularni ko‘rib, biz HONOR ularga yordam berishi va bir vaqtning o‘zida ularga o‘zlarini ifodalashga imkon berishi mumkinligini angladik. Jamoamiz barcha ishtirokchilarning ovoz yozuvlarini bir necha martadan tinglab, g‘olibni saralab olishga juda puxta yondashdi. Men o‘zim ham har bir nomzodga ovoz berdim. Natijada Muzaffar eng ko‘p ovoz to‘pladilar. Men g‘olibni chin dildan tabriklayman, hamda HONOR va O‘zbekiston xalqi qatnashadigan yana yangi loyihalarni kutib qolaman”, — HONOR kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Long aytib o‘tdi.

HONOR texnologiya kompaniyasi O‘zbekiston aholisini ajoyib loyihalar va yuqori sifatli gadjetlar bilan xursand qilishda davom etadi.

Reklama huquqlari asosida.