“Mastercard” hisobotida O‘zbekistondagi hozirgi kunda asosiy bo‘lgan va ommalashib borayotgan fintex trendlar haqida ma’lumot berdi. (Spot'da mavjud).

1-trend: raqamli hamyonlar

Banklarning sekin raqamlashtirilishi raqamli hamyonlar tobora ommalashib borishini rag‘batlantirmoqda. Savdogarlarning 50% dan ortig‘i to‘lovlarni “Click” yordamida, uchdan biridan ko‘proq qismi “Payme” orqali qabul qilishni afzal ko‘radi. Shuningdek “Uzum” xizmati katta qiziqish uyg‘otmoqda.

fintex trendlar


2-trend: elektron tijorat

O‘zbekistonda elektron tijorat bozori barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda. 2022-yilda kirish darajasi 2,2% ni tashkil etdi, bu 2018-yildagi 0,6%dan sezilarli darajada oshib ketdi. “Wildberries” va “ZoodMall” kabi xalqaro platformalar dastlab O‘zbekiston elektronika bozorida yetakchilik qilgan. Ammo 2022-yilda “Uzum” paydo bo‘lishi bilan mahalliy o‘yinchilar o‘z ulushini oshira boshladi.



3-trend: super ilovalar

Fintexlar “super ilova” bo‘lishga intilib, turli xil xizmatlarni taklif qilishadi. Bular qatoriga “Uzum” va “Zood” ekotizimlarini qo‘shish mumkin.


4-trend: neobanking

Neobanklar — mobil yoki veb-ilovalar orqali o‘z xizmatlarini taqdim etadigan raqamli bank tashkilotlari. Mamlakatda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatadigan neobanklar soni sezilarli darajada oshdi. Bular qatoriga “Anorbank”, “TBC Bank”, “Uzum bank”, “Smartbank” va “Multibank"ni kiritish mumkin.


5-trend: islomiy moliya

Aholining islomiy moliyaga bo‘lgan yuqori talabi kelgusi yillarda ushbu sohaning jadal o‘sishiga olib keladi.Bir necha yil davomida O‘zbekiston hukumati mamlakat iqtisodiyotida halol moliyaviy vositalar taklifini oshirish ustida ishlamoqda.


6-trend: hozir sotib ol — keyinroq to‘la (BNPL)

BNPL (hozir sotib ol — keyinroq to‘la) xizmatlari O‘zbekistonda bir necha sabablarga ko‘ra katta mashhurlikka erishdi. Bular:

  • BNPLning ko‘plab xizmatlari shariat qonunlariga mos keladi, bu asosan O‘zbekistonning musulmon aholisini jalb qiladi;
  • fintex xizmatlari ko‘pincha uch daqiqadan kamroq vaqt ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash rejalarini tez tasdiqlashni taklif qiladi;
  • mamlakatning o‘rtacha oylik ish haqi $321 atrofida ekanligini hisobga olsak, BNPL xizmatlari xaridlarni moliyaviy jihatdan qulayroq qiladi.

7-trend: kripto

2018-yildan boshlab hukumat kriptoindustriyani rasmiylashtirish, soliqqa tortish va valyutani tartibga solish obyekti bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kriptoaktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish ustida ishlamoqda.

O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslar kripto-aktivlarni faqat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan litsenziyalangan milliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali sotib olishlari, sotishlari yoki almashtirishlari mumkin.


Avvalroq “Spot” “Masrecard"ning O‘zbekistonning fintex sohasi so‘nggi yillarda qanday o‘zgargani haqidagi hisobotini e’lon qilgandi.

Mastercard ekspertlari banklarda yangi mijozlarni jalb qilish uchun imtiyozlar mavjudligini ta’kidlamoqda.