Sanjar Maksudovning ryukzagida nima bor?

Mazkur materialda tadbirkor kundalik foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Oksford: dunyoning eng top universiteti qanday tashkil etilgan?

Spot xorijiy universitetlar tarixi, bugungi kundagi faoliyati hamda ta’lim dasturlari haqida hikoya qiluvchi yangi sahifani taqdim etadi.

hafta yakuni, yangiliklar


Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 3ta kitob

“Microsoft” kompaniyasi asoschisi o‘z blogida yangi yil bayramida o‘qishni maslahat beradigan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi.

hafta yakuni, yangiliklar


Polshaning Vistula universiteti Merit grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham bakalavriatura va magistratura uchun ishtirok etishi mumkin. Qabul qilingan talabalar kontrakt to‘lovidan ozod etiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Amazon sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv dasturini ishga tushirdi.
    Dastur sakkizta onlayn kursni o‘z ichiga olib, unda til modellari bilan ishlashda qo‘llaniladigan generativ sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni o‘rganish mumkin.
  2. Binance kriptobirjasi bosh direktori iste’foga chiqadi.
    Qayd etilishicha, unga pul yuvish va jinoiy daromadlarni legallashtirish ayblovlari qo‘yilgan.
  3. Oktabr oyida Toshkentda uy-joy narxlari qanday bo‘ldi?.
    O‘tgan oyda poytaxtda ko‘chmas mulk savdosi hajmi qariyb 21%ga pasaydi, o‘rtacha ijara narxi esa 4,4%ga oshdi.
  4. Apple SIM-kartalarni qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi MacBookni tayyorlamoqda.
    Biroq kompaniyaning hali bunday turdagi Macbookni qachon taqdim qilishi aniq emas.
  5. Uzbekistan Airways barcha xalqaro reyslarga 20% chegirma e’lon qildi.
    Chegirma joriy yilning 23-noyabridan kelasi yilning 29-fevraligacha bo‘lgan reyslar uchun amal qiladi hamda ularni 23−30 noyabr kunlari sotib olish mumkin.
  6. Qozog‘istonda sobiq McDonald’s restoranlarining nomi yana o‘zgartirildi.
    Avvalroq qozoqcha erkak va ayol ismlari tanlangan restoranlar endilikda I’M deb nomlanadi.
  7. Instagram ilovada Reelsni yuklab olish imkoniyatini taqdim qildi.
    Avvalroq foydalanuvchilar videolarni keyinroq ko‘rish uchun Instagram ilovasiga saqlashi yoki boshqa xizmatlar orqali videoni yuklab olishi mumkin edi.
  8. Ukraina USM xoldingi bilan bog‘liq kompaniyalar va fuqarolarga qarshi sanksiyalar kiritdi.
    Xususan, sanksiyalarga Ohangaronsement zavodi va uning egasi Akkermann Cement CA, Alisher Usmonovning jiyani Nasiba Narziyeva va uning turmush o‘rtog‘i Shohrux Nosirxo‘jaevlar kiritilgan.
  9. Toshkent shahrida aqlli bekatlar tashkil etiladi.
    Mazkur bekatlar Bobur va Furqat ko‘chalarida o‘rnatilib, o‘z ichiga Wi-Fi tarmog‘i va elektron tablo kabilarni oladi.
  10. Star Venture dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Dasturda ishtirok etish uchun arizalarni 27-noyabrgacha yuborish kerak.