O‘zbekistondagi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki innovatorlar va texnologik startaplar vakillarini “Star Venture” dasturida ishtirok etishga taklif qiladi, deya xabar berdi “IT Park” matbuot xizmati

“Star Venture” dasturi yuqori o‘sish salohiyatiga ega innovatsion startaplarni aniqlab oladi va ularning rivojlanishini tezlashtirishga yordam beradi.

Unda ishtirok etuvchi startaplar jahon bozorlariga chiqish va ajoyib natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dasturda ishtirok etish shartlari:

  • noyob hayotiy mahsulotga ega texnologik startap;
  • yillik aylanmasi 1 mln yevrodan oshmaydigan barqaror bozor pozitsiyalari;
  • 49% dan oshmaydigan xorijiy mulk ulushi;
  • O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab kamida bir yil va 5 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida bozordagi faoliyat;
  • taqiqlangan faoliyat turlarining yo‘qligi (harbiy sanoat, qimor o‘yinlari, tamaki va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish);
  • ingliz tilini yuqori darajada bilish va hujjatlarni ingliz tilida topshirish.

Dastur ishtirokchilarini quyidagilar kutmoqda:

  • yetakchi xalqaro ekspertlardan murabbiylik;
  • butun dunyo bo‘ylab investorlarga kirish imkoniyati;
  • 23 mamlakatdagi yangi bozorlar;
  • ilg‘or xalqaro maslahatchilardan biznes diagnostikasi;
  • kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida individual maslahatlar.

Dasturda ishtirok etish uchun arizalarni 27-noyabrgacha havola orqali yuborish kerak.

Batafsil ma’lumot uchun: yusupobo@ebrd.com, +998907992552