Polshaning Vistula universiteti “Merit” grant dasturiga (Vistula University Merit Scholarship) arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan bakalavriatura va magistratura uchun nomzodlar ishtirok etishi mumkin. 2023−2024 o‘quv yili uchun jami 70ta talabaga grant ajratiladi.

Dastur Vistula universiteti va Vistula Hospitality maktabida o‘qishni va elchi sifatida faoliyat yuritishni xohlovchi talabalarga moliyaviy yordam beradi.

Nomzodlar kamida IELTS 6.0 sertifikatiga yoki xalqaro miqyosda tan olingan unga tenglashtirilgan boshqa sertifikatga ega bo‘lishi kerak. GPA baholari minimum 90% bo‘lishi talab qilinadi.

Arizalar onlayn qabul qilinadi. Bunda bir martalik ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi mavjud (25 yevro).

Nomzodlar o‘zi va yutuqlari haqida hikoya qiluvchi qisqa video bilan birga, motivatsion xat, diplom va ilovasi hamda til bilish sertifikatini jo‘natishlari zarur. Qabul jarayonida nomzodlar bilan qo‘shimcha intervyu olinishi bilan.

Talabalar birinchi o‘qish yili uchun 50%dan 100%gacha o‘qish to‘lovlaridan ozod etiladi. O‘qish davomidagi yuqori akademik va darsdan tashqari ijobiy ko‘rsatkichlar asosida keyingi yillarda ham qoplab beriladi.

Arizalarni 2024-yilning 15-yanvarigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Darslar mart oyidan boshlanadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Foydali havolalar: