iOS uchun yangilangan “WhatsApp” ilovasi endi asl sifatni saqlab qolgan holda fotosuratlar va videolarni fayl sifatida yuborish imkonini beruvchi funksiyaga ega bo‘ldi, deya xabar berdi “WABetaInfo”.

Mazkur funksiya iOS foydalanuvchilar uchun 2023-yilning noyabrida sinovdan o‘tkazila boshlandi, deyiladi nashrda.

ios, whatsapp

O‘zgarishlar jurnalida ta’kidlanishicha, bu funksiya asta-sekin yaqin haftalarda foydalanuvchilarga tarqala boshlaydi. Hozirda u Android versiyasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Rasm yoki videoni asl sifatda yuborish uchun matn kiritish oynasi yonidagi “+” belgisini bosish va “hujjat"ni, keyin esa “fotosuratlar va videolarni tanlash” bandini tanlash kerak.

Shu tarzda yuborilgan fayllar chat oynasida oldindan ko‘rishga ega emas, lekin qabul qiluvchi kontentni ko‘rish uchun ularni bosishi mumkin. Fayl hajmi cheklovlari 2 GB.

2023-yil avgust oyida “WhatsApp” siqilmagan HD suratlarni, sentabr oyida HD video yuborishni qo‘llab-quvvatlay boshladi.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp” tez orada sun’iy intellekt chat-botiga ega bo‘lishi haqida yozgandi.

U foydalanuvchilar savollariga javob berishi va messenjerda ishlashni yanada optimallashtirishi mumkin.