Joriy yilning 1-dekabridan 11-dekabriga qadar “President Tech Award” tanlovining final bosqichiga yo‘l olgan jamoalar uchun sovrinli o‘rinlarni aniqlash maqsadida onlayn ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

“President Tech Award” tanlovining tashkiliy qo‘mitasi g‘oliblarni eʼlon qildi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar $100 ming, ikkinchi o‘rin olgan jamoalar $50 ming va uchinchi o‘rinni olgan jamoalar esa $30 ming oladilar.

Jamoatchilik tomonidan ovoz berish jarayoni natijalari bo‘yicha 51 mingdan ortiq ovoz beruvchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 75 mingdan ortiq ovoz berildi.

Tanlovning beshta asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xususan:

Sun’iy intellekt texnologiyalari yo‘nalishi:

  1. Tahrirchi — 42 762.8 ball (8 605 ovoz)
  2. Docum.ai — 40 310 ball (8 073 ovoz)
  3. Alama — 5 160.6 ball (1 057 ovoz)

Ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar:

  1. Mentalaba — 47 277.6 ball (9 520 ovoz)
  2. Lalu — 21 018.8 ball (4 214 ovoz)
  3. Uztrip — 11 878.2 ball (2 385 ovoz)

Axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari:

  1. ALATOR — 25 487.2 ball (5 118 ovoz)
  2. PCP — 13 641.8 ball (2 734 ovoz)
  3. SHIFO24 — 13 321.4 ball (2 675 ovoz)

Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar:

  1. Yemak — 29 806 ball (6 005 ovoz)
  2. Joyla — 18 424.8 ball (3 700 ovoz)
  3. IMAN — 11 259.4 ball (2 275 ovoz)

Kompyuter va mobil o‘yin dasturlari:

  1. AirPilot — 30 462.8 (6 102 ovoz)
  2. The Rise Of Jaloliddin — 28 917.2 ball (5 823 ovoz)
  3. The Golden Horde: Turan — 3 804.8 ball (769 ovoz)

Ranlovning taqdirlash marosimi joriy yilning 25-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.