Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2023-yilning dekabr oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida o‘rtacha va to‘liq ta’mirlangan uy-joy ijara narxlarida tushish kuzatildi. Lekin, 4 xonali xonadonlar ijara narxlarida ko‘tarilish qayd etilgan.

2023-yilning so‘nggi oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,3% ga pasaydi.

Ushbu guruhda 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,2%ga pasayib, $400ni tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari ($443) 1%ga, 3 xonali uylarning ijara narxlari ($515) 0,7%ga arzonlagan.

Biroq, 4 xonali uylarning o‘rtacha ijara narxlari ($594) esa 0,7% ga oshgan.

narxlar, toshkent, uy-joy ijarasi

To‘liq ta’mirlangan guruhdagi uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida 0,4%ga tushish kuzatildi.

Xususan, shahar bo‘yicha 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari ($476) 2%ga arzonlagan bo‘lsa, 2 xonali ($653) va 3 xonali ($782) uylar uchun ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 0,3% va 0,4% ni tashkil etgan.

Lekin, 4 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 0,9%ga qimmatlab, $915 ga yetgan.