Barno Nazarzodaning ryukzagida nima bor?

Mazkur materialda u ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Crashroom”: Shavkat Tojiboyev Toshkentda terapevtik “g‘azab xonasi"ni $1000 bilan qanday ochdi?

“Crashroom” asoschisi mazkur biznesni qanday boshlagani, inventarni qayerdan olgani va investitsiyani qancha vaqtda qoplab olgani haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Jahongir Ortiqxo‘jayev importga cheklov, “Magic City” sotuvi, hokimlikdan ketgani va boshqalar haqida

Tadbirkor har qanday elektrotexnika importi chekloviga qarshi ekanligi, nega “Magic City"ni sotgani, “Paxtakor” stadionida nega qurilish qilmasligi va bog‘lardagi jamoat joylarida uylar barpo etilayotganiga munosabati bilan bo‘lishdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xitoyning UESTC universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham bakalavr, magistratura hamda PhD darajalari uchun ishtirok etishlari mumkin. Qabul qilinganlarga oylik stipendiya taqdim etiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. El-yurt umidi jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkaziladi.
    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 116ta OTMning milliy, davlat universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini ishlab chiqadi.
  2. Isroil qurilish loyihalari uchun O‘zbekiston va Hindistondan migrantlarni yollashni rejalashtirmoqda.
    Hukumat rasmiylari Falastindagi mojaroning kuchayishi ortidan ishchi kuchi tanqisligiga shu orqali yechim izlamoqda.
  3. NAPP jarima to‘lamaganligi uchun Binance kriptobirjasini sudga bermoqchi.
    Shuningdek, agentlik p2p tranzaksiyalarini nazorat qilishning samarali mexanizmi yo‘qligi sababli uni qonuniylashtirishni rejalashtirmayapti.
  4. O‘zbekiston elektromobil ishlab chiqarishni yiliga 500 mingtaga yetkazishi mumkin.
    Prezident “BYD” kompaniyasi bilan hamkorlikda butlovchi qismlarni o‘zlashtirish zarurligini ta’kidladi.
  5. Dollarning banklardagi kursi 12 550 so‘mga yaqinlashdi
    Aksariyat banklarda sotish kursi 12 540 so‘m, olish kursi esa 12 440−12 420 so‘mni tashkil qilmoqda.
  6. O‘zbekiston 2023-yilda dunyodagi ikkinchi yirik oltin sotuvchisiga aylandi
    Dekabr oyida mamlakat 9 tonna qimmatbaho metall xaridi bilan Turkiyadan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
  7. Umra xizmatlarini noqonuniy reklama qilgan Qoraqalpog‘istondagi ikkita turagent javobgarlikka tortildi.
    “Iskander Tours” hamda “Oks Tours” tomonidan litsenziyasi mavjud emasligiga qaramay noqonuniy reklamalar joylashtirilgan.
  8. O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga ishga taklif etilmoqda
    Arizalar qabuli 8-fevral kuni soat 09:00da boshlanib, nomzodlar soni belgilangan darajaga yetgach ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatiladi.
  9. Uchta OTM bitta universitetga birlashtirildi
    Iqtisod fanlari doktori, professor To‘lqin Teshabayev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.
  10. Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so‘mga oshiriladi
    Bundan tashqari, qarzdorning majburiyatlarni bajarishga imkoni bo‘lmasa, tegishli tartibda qarzlarni uzish mumkin bo‘ladi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

“ECOPSY Consulting” ekspertlari ish haqlari tadqiqoti o‘tkazish uchun yondashuv “TRUST” ishlab chiqdilar

U orqali buyurtmachi kimga, qancha va nima uchun to‘lash kerakligi haqida aniq ma‘lumotga ega bo‘lish mumkin. Bu esa ish haqi bozori va shakllanish omillarini keng o‘rganish imkonini beradi.

“TBC Group” ekspertlari O‘zbekistonda onlayn-depozitlarni rivojlantirish haqida so‘zlab berdilar

“TBC Group Uzbekistan” tijorat direktori Nika Gvaberidze va “TBC Bank Uzbekistan"ning boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari va ehtimoliy xavflar bo‘yicha direktori Hikoyat Dadaboyeva onlayn depozitlarni ishga tushirish tajribasi bilan o’rtoqlashdi.

VEON AdTech geoanalitikani yangi bosqichga olib chiqadi

2023-yilda kompaniya xizmatlarini yanada takomillashtirib, geoanalitika imkoniyatlarini yanada ko‘tardi. Endi biznes egalari maqsadli auditoriya ehtiyojlarini yaxshiroq o‘rganib, marketing kampaniyalarni yanada optimallashtirishi mumkin.