Markaziy bankning 2023-yil 7-fevral holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12484 (+14,11) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 1-fevralda belgilangan 12420 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, qarib 64 so‘mga qimmatladi.

7-fevral kuni eng yuqori sotish kursi ikkita bankda 12545 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda bu ko‘rsatkich 12540 so‘mdan 12485 so‘mgacha belgilandi.

Sotib olish narxi esa 4ta bankda 12440 so‘m bo‘lsa, qolganlarida 12430−12420 so‘mgacha belgilandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.

Bungacha u yana ikki marta — 7 va 9-avgust kunlari eng yuqori ko‘rsatkichlarni yangilagan. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Xususan, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.