Xalqaro kompaniyaning yangi bozorga chiqishi ko‘pincha juda oddiy tasavvur qilinadi: yangi ofis, mahalliy sayt, do‘kon yoki internet-do‘kondagi mahsulot.

Ammo mahsulot, shaxsiy tavsiyalar va mustaqil tadbirkorlikni birlashtirgan biznes modelini rivojlantiradigan kompaniya uchun yangi mamlakatda faoliyat boshlash ancha murakkab jarayon. Bir vaqtning o‘zida logistika, elektron tijorat, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimi, ta’lim platformasi va mahalliy tadbirkorlar o‘z biznesini rivojlantirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.

Amway aynan shunday modelni hozir O‘zbekistonda shakllantirmoqda.

100 dan ortiq mamlakat va hududlarda faoliyat yuritayotgan kompaniya uchun O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi biznes rivojining navbatdagi bosqichiga aylandi. Amway uchun mintaqadagi birinchi bozor Qozog‘iston bo‘lgan, keyinchalik kompaniya geografiyasini Qirg‘iziston va Mo‘g‘ulistongacha kengaytirgan.

Endi ularga O‘zbekiston ham qo‘shildi.

“O‘zbekiston biz uchun xaritadagi navbatdagi nuqtadan ko‘ra ancha katta ahamiyatga ega. Biz bu yerda mahsulot toifalarini, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni va zamonaviy mustaqil tadbirkorlik modelini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishimiz mumkin bo‘lgan bozorni ko‘ryapmiz”, — deydi kompaniyada 20 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritayotgan Amway Central Asia bosh direktori Nik Muzashvili.

amway, reklama

Nega O‘zbekiston

Yangi bozorga chiqish qarori kamdan-kam hollarda bitta ko‘rsatkichga asoslanadi. Amway uchun O‘zbekistonda bir nechta omil bir nuqtada tutashdi: iste’mol bozorining rivojlanishi, sog‘liq va farovonlik, go‘zallik va shaxsiy parvarish toifalariga qiziqish, savdoning raqamlashtirilishi hamda mustaqil tadbirkorlik formatlariga bo‘lgan qiziqishning ortishi.

Shu bilan birga, iste’molchining o‘zi ham o‘zgarmoqda.

Bugun xalqaro brendni bozorga olib chiqishning o‘zi yetarli emas. Xaridor aynan nima sotib olayotganini tushunishni xohlaydi: mahsulot qanday tarkibiy qismlardan tayyorlanadi, uning ortida qanday tadqiqotlar turibdi, sifat qanday nazorat qilinadi va mahsulot uning ehtiyojlariga qanchalik mos keladi.

Bu Amway uchun, ayniqsa, sog‘liq va farovonlik toifasida muhim. Kompaniyaning global ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi 800 dan ortiq olim, muhandis va texnik mutaxassisni birlashtiradi, tadqiqot va ishlanmalar esa dunyo bo‘ylab 75 dan ortiq laboratoriyada olib boriladi.

Biroq yangi bozorda ishonchni faqat global tajribaning o‘zi yaratmaydi.

“Xalqaro nom dastlabki qiziqishni uyg‘otishi mumkin. Ammo haqiqiy ishonch inson mahsulot, maslahat, buyurtma va xizmatdan ijobiy shaxsiy tajriba olganidagina paydo bo‘ladi. Shuning uchun bizning vazifamiz — Amway’ning global tajribasini O‘zbekistondagi iste’molchi uchun tushunarli va qulay qilish”, — deydi Nik Muzashvili.

amway, reklama

Sotishni boshlashdan oldin nimalarni yaratish kerak?

Amway’ning O‘zbekistonga chiqishi faqat mahsulot importi bilan cheklanmaydi.

Rasmiy ishga tushirish vaqtiga kelib, kompaniya mahalliy infratuzilmani yaratdi: internet-do‘kon, ro‘yxatdan o‘tish va buyurtmalarni rasmiylashtirish tizimi, Toshkent viloyatidagi ombor, yetkazib berish xizmati va mijozlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi. Toshkentda mahalliy ofis faoliyat yuritmoqda, 1-sentabrdan esa mijozlar va hamkorlarga mahsulotlar, buyurtmalar, ro‘yxatdan o‘tish hamda tadbirkorlik imkoniyatlari bo‘yicha maslahat beradigan aloqa markazi ish boshladi.

Toshkentdagi ayrim buyurtmalar uchun buyurtma berilgan kunning o‘zida yetkazib berish xizmati mavjud: agar buyurtma soat 12:00 gacha berilsa, mijoz uni shu kunning o‘zida olishi mumkin.

Keyingi bosqich — brend bilan to’g’ridan to’g’ri aloqa qilish imkonini beradigan makon yaratish. Amway dekabr oyida Toshkentda mijozlar va hamkorlar uchun flagman markazini ochishni rejalashtirmoqda.

Uning konsepsiyasi an’anaviy do‘kondan kengroq bo‘ladi. Bu yerda mahsulot toifalari bilan tanishish, maslahat olish, ayrim mahsulotlarni sinab ko‘rish va o‘z ehtiyojlariga mos mahsulotlarni tanlash mumkin bo‘ladi.

Shu tariqa kompaniya mijozlar uchun ikki xil imkoniyatni birlashtiradi. Onlayn-do‘kon xaridni tez va qulay amalga oshirish imkonini beradi, jismoniy makon esa maslahat olish va mahsulot bilan bevosita tanishish imkoniyatini yaratadi.

Ammo ular o‘rtasida yana bir muhim element bor — inson.

amway, reklama

Biznes modelining markazida mijoz

Amway modelini tushunish uchun tadbirkordan emas, yakuniy iste’molchidan boshlash muhim.

An’anaviy chakana savdoda ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasida do‘kon turadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri savdoda esa bu vazifaning bir qismini mustaqil tadbirkor bajaradi: u mijozni mahsulot bilan tanishtiradi, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, mos yechimni tanlashda yordam beradi va keyingi xaridlarni amalga oshirish jarayonida ham mijozga hamrohlik qilishi mumkin.

Raqamlashtirish bu jarayonni sezilarli darajada o‘zgartirdi.

Endilikda mijoz buyurtmani mustaqil ravishda rasmiy internet-do‘kon orqali ham berishi mumkin.

“Mijoz butun tizimning markazida turadi. Bizning vazifamiz — unga brend bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘zi tanlash imkonini berish: mustaqil ravishda onlayn xarid qilish yoki o‘zi ishongan insondan qo‘shimcha maslahat va ko‘mak olish”, — deydi Muzashvili.

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tishning uchta formati mavjud: “Mijoz”, “VIP+ mijoz” va “Hamkor”.

Bu farqlash muhim — mahsulot xarid qilish biznesda majburiy ishtirok etishni anglatmaydi. Inson iste’molchi bo‘lib qolishi mumkin, tadbirkorlik modelini esa faqat mustaqil tijoriy faoliyatni rivojlantirishni xohlagan taqdirdagina tanlaydi.

amway, reklama

Kompaniya infratuzilmani taqdim etadi, biznesni esa tadbirkorning o‘zi yaratadi

Bu yerda Amway modelining ikkinchi qismi boshlanadi.

Hamkor kompaniyaning mahsulotlari va brendlari, onlayn-do‘kon, logistika, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, ta’lim materiallari va biznesni rivojlantirish uchun boshqa vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ya’ni u mahsulotni noldan yaratishi, o‘z internet-do‘konini ochishi, ombor, yetkazib berish yoki buyurtmalarni qayta ishlash tizimini tashkil etishi shart emas.

Ammo tayyor infratuzilma tayyor biznes degani emas.

Kompaniya tadbirkor o‘rniga mijozlar bazasini shakllantira olmaydi, odamlar bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatishni o‘rgata olmaydi yoki barqaror tovar aylanmasini yaratib bera olmaydi.

Modelning iqtisodiy asosi mahsulot va yakuniy mijozdan boshlanadi. Mustaqil tadbirkor mahsulot bilan tanishadi, undan shaxsan foydalanib ko‘radi, o‘z tajribasini boshqa odamlar bilan baham ko‘radi va asta-sekin mijozlar doirasini shakllantiradi.

Agar u biznesni yanada rivojlantirishga qaror qilsa, keyingi bosqich — boshqa tadbirkorlarga xuddi shu ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va o‘z mijozlar bazasini shakllantirishda yordam berish.

Bunday modelda mukofot yangi odamni jalb qilish faktining o‘zi bilan emas, balki mahsulot savdosi va yaratilgan tovar aylanmasi bilan bog‘liq.

amway, reklama

Birinchi yil — poydevor yaratish, ko‘lamni kengaytirish emas

O‘zbekistondagi faoliyatning birinchi yilidagi asosiy vazifa haqida so‘ralganda, Nik Muzashvili qisqa javob beradi: “Poydevor yaratish”.

Kompaniya poydevor deganda nafaqat savdoni nazarda tutadi. Bunga brendning tanilishi va mahsulotga bo‘lgan ishonch, barqaror logistika, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, Amway flagman markazini ochish, dastlabki tadbirkorlarni o‘qitish va mahalliy hamjamiyatni bosqichma-bosqich shakllantirish kiradi.

Kengroq kontekstda kompaniya o‘z rivojlanishini O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlar — iqtisodiyotning raqamlashtirilishi, kichik tadbirkorlikning rivojlanishi va inson kapitaliga investitsiyalar bilan bog‘laydi.

“Biz O‘zbekistonga bir yilga kelmadik. Bu biz uchun uzoq muddatli bozor va ishonchni bitta reklama kampaniyasi orqali yaratib bo‘lmasligini tushunamiz. U asta-sekin — mahsulot, servis va odamlarning tajribasi orqali shakllanadi”, — deydi Nik Muzashvili.

Aynan shu tamoyil Amway’ning O‘zbekistondagi dastlabki bosqichini eng yaxshi ifodalaydi: avvalo mijoz uchun ishlaydigan tizimni yaratish, keyin esa uning asosida biznesni kengaytirish.

Reklama huquqlari asosida.