“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab berishadigan “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.

Bu safargi materialda “maslov:tashkent” PR-agentligi ijrochi direktori va hammuassisi Barno Nazarzoda bilan suhbatlashdik.

U ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.

Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:


Dastlab ryukzagim haqida gapiradigan bo‘lsam, uni Buxoroga borgan vaqtimda sotib olganman. Hech qanday brendga tegishli emas, chunki Buxoroni o‘zi brend hisoblanadi.

Ryukzagimni ichida avvalo “HP ProBook” rusumli noutbugim bor. Uni kundalik hayotimdagi juda muhim narsa deb bilaman, unda butun hayotim bor desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Asosiy va qo‘shimcha telefonim ham bor. Powerbank ishlatmayman, o‘zi telefon kam ishlatishga harakat qilaman.

barno nazarzoda, ryukzagda nima bor

Pardoz qutisi va atir

Albatta hamma ayollarda bo‘ladigan pardoz qutisi bor. Lekin u oddiy pardoz qutisi emas, uni men 2018-yilda Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan PR-forumda, ko‘zi ojiz bolalarning qo‘l mehnati bo‘lgani uchun sotib olganman. Shu sababli uni yaxshi ko‘rib ishlataman.

Kamdan-kam foydalanadigan, lekin judayam yaxshi ko‘radigan parfyumim ham doim yonimda yuradi. Kamida bitta yoki ikkita atir olib yuraman.

barno nazarzoda, ryukzagda nima bor

Shuningdek, qo‘l uchun dezinfeksiyalash vositasi va nam salfetka olib yuraman.

20 yillik qalamdon

Bundan tashqari mening uzoq tarixga ega qalamdonim ham bor, uni 2004-yilda Yaponiyada sotib olganman. Charmdan yasalgan qalamdonga nafaqat ruchkalarni, balki ish yuzasidan kerak bo‘ladigan fleshkalarni ham solib yuraman.

barno nazarzoda, ryukzagda nima bor

Kitob va yondaftar

Va albatta kitob olib yuraman, kitobsiz hech bir sumkam bo‘lmaydi. Hozirda men Harper Lining “Mazaxchini o‘ldirish” kitobini o‘qiyapman.

Unda 60−70-yillarda AQShda bo‘lib o‘tgan voqealar yoritilgan. Qora tanlilarning haq-huquqlari, ularni himoyalash hamda turmush tarzi haqida hikoya qiluvchi tarixiy voqealarga asoslangan kitob hisoblanadi.

barno nazarzoda, ryukzagda nima bor

Shuningdek, yonimda qaydlarni yozib borish uchun “Moleskine” brendiga tegishli yondaftar olib yuraman.

Hamyonimda ko‘p ham naqd pul olib yurmayman, chunki naqd pulni deyarli ishlatmayman, hamma pullarim plastik kartada bo‘ladi.

Yoshim 40ga borgandan keyin ko‘zoynak taqishni boshladim, shuning uchun yonimda har doim 2ta ko‘zoynak olib yuraman.

barno nazarzoda, ryukzagda nima bor

Kimlar uchun minimalizm bo‘lsa, kimlargadir ko‘p narsadek ko‘rinar, shular meni har kuni olib yuradigan va foydalanadigan narsalarim.