O‘tgan yil oxirida O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda Jahon oltin kengashi (“World Gold Council”).

O‘zbekistonning oltin bo‘yicha sof savdosi 25 tonnadan ortiqni tashkil etib, birinchilikni egallagan Qozog‘istondan ikki barobar kam ko‘rsatkichni qayd etdi.

2023-yilda Xitoy qariyb 230 tonna bilan qimmatbaho metallning asosiy xaridoriga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarda sezilarli kechikish bilan Polsha, Singapur, Liviya va Chexiya turibdi.

Dekabr oyida jahon markaziy banklarining oltin-valyuta zaxiralari 28 tonnaga oshdi, bu qimmatbaho metallarni sotib olish trendi davom etayotganini anglatadi. Oltinning asosiy xaridori 18 tonna bilan Turkiya bo‘ldi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda esa 9 tonna oltin bilan O‘zbekiston va Xitoy joylashdi.

O‘tgan yil oxirida eng yirik oltin sotuvchilari Qozog‘iston (10 tonna) va Qirg‘iziston (2 tonna) bo‘ldi.

Oktabr va noyabr oylarida xorijga 22 tonna oltin sotgan holda O‘zbekiston dunyoning eng yirik oltin sotuvchisiga aylandi. “WGC"ning ta’kidlashicha, qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish o‘rtasida o‘tish O‘zbekiston uchun odatiy hol emas, chunki mahalliy Markaziy bank oltinni ichki bozorda sotib oladi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyida O‘zbekiston xorijga oltin eksportini to‘xtatgan. Yil davomida undan tushgan daromad $8,15 milrdga yetib, deyarli ikki barobarga o‘sdi.

Avvalroq Respublika tovar-xom ashyo birjasida qimmatbaho metallar savdosi ikki barobardan ko‘proqqa oshgani haqida xabar berilgandi.