O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy jahonda eng ko‘p oltin sotuvchisi bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) xabar berdi.

Noyabr oyida markaziy banklar tomonidan qimmatbaho metallarni sotib olishning sof hajmi 44 tonnani tashkil etdi.

Xaridlarning umumiy hajmi 60 tonna bo‘lib, oktabr oyiga nisbatan 4%ga kamaydi. Biroq, bu o‘tgan yildagi o‘rtacha oylik 36 tonnadan sezilarli darajada yuqori.

Noyabr oyida qimmatbaho metalning asosiy xaridori 25 tonna xarid bilan Turkiya bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda 19 tonna bilan Polsha turibdi. Birinchi beshlikka Xitoy (12 tonna), Chexiya (3 tonna) va Qirg‘iziston (1 tonna) ham kirdi.

O‘zbekiston noyabr oyida 11 tonna oltin sotgan, bu esa keyingi o‘rinda turgan Qozog‘istondan deyarli to‘rt barobar ko‘p.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston qimmatbaho metallarni sotish bo‘yicha Qozog‘istondan biroz ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Xitoy sof xaridlar bo‘yicha yetakchilikni egalladi, undan keyingi o‘rinni Polsha va Singapur egalladi.

Oktabr oyida O‘zbekiston ham 11 tonna oltinni xorijga sotgan holda dunyoda eng ko‘p oltin sotuvchiga aylandi. “WGC"ning ta’kidlashicha, qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish o‘rtasida o‘tish O‘zbekiston uchun odatiy hol emas, chunki mahalliy Markaziy bank oltinni ichki bozorda sotib oladi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekiston $1,28 mlrdlik oltin eksport qilgan. 11 oyda undan tushum $8,15 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.