Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo hajmi 26,2%ga o‘sib, $57,3 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida keltirilgan.

Eksport 30,6%ga oshib, $23,2 mlrdni tashkil etdi, import hajmi esa biroz sekin o‘sdi (+23,3%), ammo sezilarli darajada yuqori ko‘rsatkichda qoldi — $34,1 mlrd. Saldo o‘tgan yilga nisbatan $1 mlrdga o‘sib, $10,9 mlrdni tashkil etgan.

Xorijda oltin savdosi davom etdi va o‘tgan oyda $1,28 mlrdni tashkil etdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metallar eksportidan tushum $8,15 mlrdga yetdi yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘p.

Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori mavqeini saqlab qolmoqda — 11 oy davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi $12,23 mlrdni (umumiy ko‘rsatkichning 21,2%ini) tashkil etdi. Jami importning chorak qismidan ko‘prog‘i yoki $9,95 mlrdi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi o‘rinda $8,86 mlrd (15,5%) bilan Rossiya turibdi, mamlakat O‘zbekiston uchun asosiy eksport bozori sifatidagi mavqeini saqlab qolib, yil boshidan buyon $3 mlrdni tashkil etgan.

Shuningdek, kuchli beshlikka Qozog‘iston ($4 mlrd), Turkiya ($2,83 mlrd) hamda Janubiy Koreya ($2,11 mlrd) kirdi.

Eksport

Oltinni hisobga olmaganda, ishlab chiqarilgan mahsulotlar yetakchi tovar eksporti bo‘lib qolmoqda — ularning ulushi $3,75 mlrdni tashkil etdi. Shu bilan birga, bunda tushum 5%dan ko‘proqqa kamaydi.

Yarimdan sal ko‘pi to‘qimachilik va gazlamalar ($1,89 mlrd, -7,7%), uchdan bir qismi rangli metallar ($1,28 mlrd, -4,1%) hissasiga to‘g‘ri keldi. Po‘lat va quyma temir eksportidan olingan daromad deyarli 20%ga ($179,2 mln) hamda metall buyumlari 10,4%ga ($120,4 mln) o‘sdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari $1,64 mlrd (+12,1%) daromad keltirdi, ularning asosiy qismini meva va sabzavotlar ($1,1 mlrd, +6,3%) va don mahsulotlari ($443 mln, +43%) tashkil etdi. Go‘sht mahsulotlari eksporti 3 barobardan ortiqqa ($3,1 mln) oshdi.

Mashinasozlik mahsulotlarini yetkazib berish $1,2 mlrdga yetdi (+38%). Xususan, elektrotexnika va elektronika eksporti $101,9 mlnga (2,6 baravar), ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari eksporti $25,5 mlnga oshgan.

Avtomobillar va ularning butlovchi qismlari eksporti ham sezilarli darajada oshdi ($457,4 mln, +43,1%). Shu bilan birga, “boshqa transport uskunalari” bo‘limida yetkazib berishlar yil boshidan buyon 8,5 barobarga ($95,4 mln) oshgan bo‘lsa-da, noyabr oyida deyarli to‘xtadi.

Kimyoviy mahsulotlar eksporti $1,2 mlrdni tashkil etdi. O‘g‘itlarning 21%ga ($310,8 mln) kamayishi noorganik moddalar toifasidagi o‘sishni chorak ($485,9 mln)ga qopladi.

Iste’mol tovarlari va boshqa tovarlar sohasida eksport $1,1 mlrdni (+11%) tashkil etdi. Kiyim-kechak yetkazib berish $921,6 mlngacha oshdi, poyabzal ($31,2 mln) va mebel ($14 mln) eksporti pasaydi.

Aksariyat tovar turlarida pasayish kuzatildi — masalan, gaz ($509,4 mln) va elektr energiyasi ($62,8 mln) eksportidan tushgan tushum deyarli ikki barobarga kamaydi. Shu bilan birga, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish ikki barobarga oshib, $297,2 mlnga yetdi.

Import

Tovarlar importi tarkibida mashinasozlik mahsulotlari $13,23 mlrdlik (+53,4%) ko‘rsatkich bilan oldinda. Avtotransport vositalari importiga $3,97 mlrd (+70,7%), jumladan, butlovchi qismlarga $1,33 mlrd sarflangan. Yana $2,6 mlrd maxsus sanoat mashinalariga sarflandi.

Elektr jihozlarini yetkazib berish $1,59 mlrdni (+78%), elektronika $799 mlnni (+59,8%) tashkil etdi. Mamlakat samolyot sotib olishga $753 mln sarflagan.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish $5,72 mlrdga (+9,3%) tushdi. Temir va po‘lat yetkazib berish o‘tgan yilga yaqin ($2,31 mlrd) saqlanib qoldi, shu bilan birga mato importi chorakdan ko‘proqqa ($624,1 mln) oshdi.

Uchinchi o‘rinda $4,44 mlrd bilan kimyo mahsulotlari, o‘g‘itlar importi ikki barobarga oshib, $155,8 mlnga yetdi, farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berish esa $1,45 mlrddan oshdi.

Oziq-ovqat importi $3,15 mlrdni (+3,4%) tashkil etdi, shundan uchdan bir qismi don mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Shakar va qandolat mahsulotlariga $511 mln (-3,5%), qahva, choy, kakao va ziravorlar uchun $344 mln (+24%) sarflangan.

O‘zbekiston yoqilg‘i-moylash materiallari importini ham oshirdi. Bunga jami $2,24 mlrd (+41,7%) sarflangan bo‘lsa, shundan $1,38 mlrd (+27%) neft va neft mahsulotlariga sarflangan. Gaz xarajatlari ikki baravardan ko‘proqqa oshib, $562,7 mlnni tahskil etgan, yana $189,2 mln (+78,8%) esa ko‘mirga sarflangan.