Fuqarolar Germaniyadagi xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishlarga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nomzodlar mamlakatning “Frankfurt-Mayn” va “München” aeroportlarida xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash uchun ariza jo‘natishlari mumkin.

Mazkur ishda ishlashni istovchilar 18−42 yosh oralig‘ida bo‘lishi, nemis tilini kamida B1 darajada bilishi kerak. Bunda “Geothe”, “ECL”, “ÖsD” sertifikatlari yoki bakalavr diplomi talab qilinadi.

Xususan, quyidagi sohalardan birida diplomga ega bo‘lish kerak:

  • turizm menejmenti;
  • mehmonxona ishi;
  • oziq-ovqat texnologiyalari;
  • xalqaro turizm;
  • menejment;
  • iqtisodchi;
  • biznesni boshqarish;
  • nemis tili;
  • ingliz tili;
  • fransuz tili.

Oylik maosh 1800 yevro (soliqlar ushlangandan keyin)dan boshlanadi va mehnat sharoitlari Germaniyaliklar bilan bir xil (1 yilda 1 oy mehnat ta’til) olib boriladi.

Qabul qilinganlarga mamlakatga borish aviachipta va aeroportdan manzilgacha transfer xarajatlari qoplab beriladi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Batafsil ma’lumotlarni +998 71−202−33−55 yoki 1282 qisqa raqami hamda havola orqali olish mumkin.

Avvalroq 2024-yilda Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 17-fevral kuni soat 09:00dan 18:00gacha “Labor-migration” dasturiy majmuasida amalga oshiriladi.